"Atletiko" afsonasi klubni tark etadi
09 apr 2018 19:30
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/419340_original.jpg)
![](/upload/storage/419340_220.jpg)
"Atletiko" afsonasi klubni tark etadi
"Atletiko"ning tirik afsonasi va forvardi Fernando Torres mavsum yakunida jamoadan ketadi.
"Atletiko"ga 10 yoshimda kelganman, bu mening uyim. Men debyut qilganimda, o'ynaganimda va gol urganimda baxtli bo'lganman. Joriy mavsum men uchun bu erdagi so'nggisi. Qaror qabul qilish oson bo'lmadi. Faoliyatimni boshqa joyda davom ettirishni istayman, o'zimni yaxshi his qilayapman", - dedi Torres.
Eslatib o'tamiz, ayni paytda Torres "Atletiko" tarixidagi eng yaxshi to'purarlar ro'yxatida 126ta gol bilan beshinchi o'rinda turibdi. Birinchi o'rinda esa 173ta gol bilan Luis Aragones bormoqda.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar