"Atletik" samolyoti noqulay ob-havo sabab Madriddan Bilbaoga qaytib ketdi
09 jan 2021 10:15
Yangiliklar


"Atletik" samolyoti noqulay ob-havo sabab Madriddan Bilbaoga qaytib ketdi
"Atletiko" va "Atletik" o'rtasidagi o'yin o'tkazilmasligi mumkin.
Madrid qor bilan qoplangan edi. "Atletik" samolyoti esa "Baraxas" aeroportiga qo'na olmadi va Bilbaoga qaytib ketdi.
O'yin o'tkazilmaslik xavfi ostida, sababi "Baraxas" shanba kuni ishlashi aniq emas. Aeroportdan transferlarda shahardagi qor bo'roni sabab ham muammo kuzatilishi mumkin.
"Atletiko" va "Atletik" o'rtasidagi o'yin bugun Toshkent vaqti bilan soat 20:15da bo'lib o'tishi kerak.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar