“Atletik” Gurpegi bilan shartnomani 2015 yilga qadar uzaytirdi
12 noy 2013 17:32
Yangiliklar


“Atletik” Gurpegi bilan shartnomani 2015 yilga qadar uzaytirdi
Ispaniyaning “Atletik” klubi yarim himoyachisi Karlos Gurpegi, klub bilan yangi shartnoma imzoladi, deb xabar beradi Bilbao klubi rasmiy sayti.
33 yoshli futbolchi bilan tuzilgan shartnoma, 2015 yilning 30 iyunigacha amal qiladi. 2002 yildan beri “Atletik”da o'ynab kelayotgan Gurpegi, jamoa tarkibida 299 ta o'yin o'tkazgan.
Ushbu mavsumda Gurpegi Primeroning 13 o'yinda ishtirok etgan.

Fikrlar