"Atalanta" ustozi "Liverpul"dan uchralgan mag'lubiyat haqida: "Klassdagi farq juda katta edi"
04 noy 2020 18:03
Yangiliklar


"Atalanta" ustozi "Liverpul"dan uchralgan mag'lubiyat haqida: "Klassdagi farq juda katta edi"
Kecha tunda ECHL 3-turi doirasida "Atalanta" jamoasi o'z maydonida "Liverpul"ni qabul qildi va 0:5 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Bahsdan so'ng italiyaliklar ustozi Jan-Pero Gasperini raqib ancha yaxshi o'ynaganini aytib o'tdi.
"O'tgan mavsum "Manchester Siti"ga yirik hisobda mag'lub bo'lgandik va hammamiz o'ylashimiz kerak bo'lgan narsalar bor edi. O'yinimizni o'stirishimiz kerak edi. Bugun klassdagi farq juda katta edi. Taktika va jamoaviy o'yin ustida ishlashimiz kerak edi, lekin raqib shunchaki bizdan yaxshiroq edi.
Ko'ramiz, keyingi o'yinlarimiz qanday kecharkin. Biz o'z ustimizda ishlash uchun vaqt bor. Oxirgi vaqtlarda ko'p gol o'tkazib yuboryapmiz va kam uryapmiz. Biz etarlicha yugurmayapmiz. Bu narsalar ustida ishlashimiz zarur", - deya Gasperinining so'zlarini keltirdi UEFA rasmiy sayti.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar