"Atalanta" London klubi futbolchisini sotib oladi
13 iyu 2019 20:47
Yangiliklar


"Atalanta" London klubi futbolchisini sotib oladi
"CHelsi" yarim himoyachisi Mario Pashalich faoliyatini Italiyada davom ettiradi.
Bergamoliklar 24 yoshli xavbekni "CHelsi"dan 15 million evro evaziga sotib olishadi. Pashalich ortda qolgan mavsum "Atalanta" safida ijara asosida o'ynadi — 33 o'yin, 5 gol, 4 assist.
Undan avval, "CHelsi" xorvatiyalikni Moskvaning "Spartak" klubiga ijaraga bergandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar