So’nggi yangiliklar

01:41Паоло Мальдини: "Роналду – топ ўйинчи ва кучли шахсият, аммо мен Мессини афзал кўраман"  12 01:05Лукакунинг янги клуби деярли маълум  1 00:29Ўртоқлик учрашуви. "Дўстлик" Тожикистон Олий лигаси жамоасини мағлуб этди  0 23:55Ўртоқлик учрашуви. "Навбаҳор" "Хоразм"ни минимал ҳисобда таслим этди  0 23:40Қозоғистон Лига кубоги. "Турон" ва "Ордабаси" ўртасидаги ўйинда жанговар дуранг қайд этилди  0 23:27"Тоттенхэм" 60 млн фунтлик ўйинчисини Саудия Арабистонига қўйиб юборишга тайёр  0 22:47Расман: Санжар Қувватов "Нефтчи"ни тарк этди  9 22:39Ўртоқлик учрашуви. "Пахтакор" Чераннинг голи эвазига "Қўқон-1912"ни мағлуб этди  8 22:30Назорат учрашуви. "Бунёдкор" "Арал"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  3 21:58МЮ товон пули 60 млн евро бўлган испаниялик хавбекка қизиқмоқда  1 21:32"Ман Юнайтед" Маунтни сотишни режалаштирмаяпти. Хавбек янги мавсумда ўзини кўрсатмоқчи  1 21:06"Mirabror Usmanov Cup-2024". Ўзбекистон Қирғиз Республикасини мағлуб этди, Нишоновдан хет-трик!  3 21:01Фюллькруг Ла Лига гранди сафига ўтиши мумкин  1 20:27Назорат учрашуви. "Андижон" ва "Қизилқум" ўртасидаги ўйинда 4та гол урилди  7 19:59"Фенербахче" "Севилья" билан Юссеф Эн-Несири трансфери бўйича келишувга эришди, аммо...  1

"Atalanta" inqiroziga nimalar sabab bo'ldi? Yangiliklar

"Atalanta" inqiroziga nimalar sabab bo'ldi?

"Atalanta" inqirozga uchradi - Bergamo jamoasi bu safar "Fiorentina"ga mag'lub bo'ldi (0:1).

Hakam qarori tufayli janjal kelib chiqdi. Bosh hakam Daniele Doveri uchrashuvning 61-daqiqasida Ruslan Malinovskiyning golini Xans Xatebur ofsaydi tufayli bekor qildi. VAR ham maydondagi hakamlar qarorini tasdiqladi. "Atalanta" bosh murabbiyi Jan Pero Gasperini o'zini tutib turolmadi va hakamdan qizil kartochkani qabul qilib oldi.

Muammo nimada edi?! Gap shundaki, Xatebur ofsaydda edi, biroq u epizodga tasir ko'rsatdimi yo yo'qmi — bu so'roq ostida qolmoqda. CHunki bir tarafdan, "Fiorentina" himoyachisi uning tezligiga etiborini qaratdi, shunday ekan gollandiyalik o'sha vaziyat ishtirokchisi edi. Boshqa tomondan, to'p to'g'ri Malinovskiy tomonga bordi, Xatebur hech qanday chalg'ituvchi harakatlar qilmadi. SHunchaki o'zi to'pni qabul qilishga ulgurmadi.


"Atalanta"ni muammolar taqib qilmoqda: jarohatlar, koronavirus sababli ovoragarchiliklar, psixologiya, futbol sifatining pastligi

• "Atalanta"da qator qiyinchiliklar bor: jamoa so'nggi 7 o'yinning atigi 1tasi (Evropa Ligasi doirasida "Olimpiakos"ga qarshi bahs)da g'alaba qozondi.

Agar A Seriyaga nazar tashlasak, vaziyat ancha og'ir: oxirgi 8 turda 1ta g'alaba. To'g'ri hozirgacha bo'lgan uchrashuvlarda raqiblar — "Inter", "Yuventus" va "Lacio" edi, ammo ikki bor "Fiorentina"ga mag'lub bo'lish... Biroq natijalar rasmiylashtirildi va jamoa beshinchi pog'onaga tushib ketdi.

• Bahsdan so'ng Gasperini jurnalistlarga intervyu bermadi — bu A Seriya va Italiya Kubogida bo'lgan oxirgi 4 bahsdagi 3-holat. Murabbiy hakam qaroridan qattiq g'azablandi va noroziligini shu yo'l bilan bildirmoqchi bo'ldi. Italiya Kubogida "Fiorentina"ga qarshi bahsdan (2:3) keyin ham, A Seriyada "Yuventus" bilan o'yindagi mag'lubiyatdan so'ng ham jurnalistlar oldiga bosh direktor Umberto Marino so'zga chiqqandi. Voqealar takrorlanmoqda.

Hakam qarori — Gasperinining yagona noroziligi emasdi. U o'yin sifatini ham tanqid qildi. "Kalyari"ga qarshi bahsdagi mag'lubiyatdan so'ng, uning fikr-mulohazalari (1:2): "O'yin bizda qator muammolar borligini ko'rsatib berdi. Biz to'g'ri yo'lga qaytishimiz va bir jamoa bo'lib harakat qilishimiz lozim".

• Yanvarda "Atalanta"ga koronavirus ham katta tasir ko'rsatdi. Jamoa qisqartirilgan tarkib bilan o'ynashiga to'g'ri keldi. To'g'ri musbat testlar bor edi, ammo Malinovskiy va Ilichich yanvar o'rtasida "Inter"ga qarshi bahsni vakcina olmaganligi uchun o'tkazib yuborishdi. O'sha paytlar A Seriyada vakcina qabul qilmagan futbolchilar maydonga tushishi taqiqlangandi.

Malinovskiy oxir-oqibat emlanishga qaror qildi va safga qaytdi. Ammo Ilichich... Psixologik muammolar yanada jiddiylashdi. Sloveniyalik hatto Evropa Ligasi qaydnomasiga ham kiritilmadi, Gasperini esa uni sotishni taklif qildi, lekin bu amalga oshmadi.

"Bunday narsalar haqida gapirish menga har doim qiyin bo'lgan, chunki bu shaxsiy masala. Ilichich bilan doim birga bo'lamiz deya olaman, sababi bu futboldan tashqaridagi, ishga aloqador bo'lmagan ishlar, — deydi murabbiy Ilichich haqida. — Uni uzoq yillardan beri bilamiz, turli quvonchli damlarni birga boshdan o'tkazdik. U yaxshi va pozitiv inson. Ammo aqlimiz ichkaridan xuddi changalzorga o'xshaydi. Hattoki, psixiatrlar ham biz haqimizda biror narsa aytishga qiynaladi. U yana qaytadi va o'yindan zavqlana oladi deb umid qilaman. Biz uni inson sifatida doim kutishga tayyor ekanimizni Ilichich yaxshi biladi. Futbolchi sifatida esa biror narsa deya olmayman".


"Atalanta" g'alabaga erishguncha, klub egasi almashib ulgurdi

Perkassi oilasi loyihasi badavlat egasini topdi. U — asli kelib chiqishi italyan bo'lgan amerikalik NBAdagi "Boston" akcioneri Stiven Palyuka. Bir guruh investorlarga rahbarlik qilgan Palyuka "La Dea Srl" kompaniyasining 55%ini sotib olgan. "Atalanta" ustav kapitalining 86%i ham ushbu kompaniyaga tegishli. "La Dea Srl"ning qolgan 45%i esa Perkassi oilasi tasarrufidadir. Antonio Perkassi "Atalanta" prezidenti, Luka Perkassi esa klub bosh direktori sifatida faoliyatini davom ettirmoqda.

"La Gazzetta dello Sport" malumotlariga qaraganda, 67 yoshli Palyuka va uning sheriklariga ushbu bitim taxminan 400 mln evroga tushgan. Stivenning o'zi "Atalanta"da rasmiy lavozimlardan birida faoliyat olib boradi.

Italiyada bu vaziyatga ehtiyotkorlik bilan munosabat bildirishmoqda — qog'ozda "Atalanta" orzu qilish ham qiyin bo'lgan imkoniyatlarni qo'lga kiritdi. Boshqa tomondan mamlakatda amerikalik mulkdorlarning o'ziga xos xarakterini yaxshi bilishadi, ular doim ham loyihaga katta mablag' ishlatgisi kelmaydi — hech bo'lmasa "Roma"ni yodga olish kifoya.

Hozircha "Atalanta" uchun eng asosiy ish — qisqa muddatli inqirozni hal qilish. Va yangi xo'jayin bilan kelajakda barcha ishlar joyida bo'lishidan umid qilishdir.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика