"Atalanta" ilk marotaba YCHLga chiqdi

Eldor Akmurzayev
27 may 2019, 01:40
Italiya chempionatining so'nggi turida Atalanta o'z uyida Sassuoloni qabul qilib, 3:1 hisobida zafar quchdi.

Jan Pero Gasperini shogirdlari mazkur muvaffaqiyatdan so'ng 69 ochko to'plagan holda, A Seriyada  YCHL o'rinlari uchun yo'llanma beruvchi uchinchi o'rinni egalladi. Shu tariqa, Bergamo shahri jamoasi o'z tarixida birinchi marotaba qitaning klublar o'rtasidagi nufuzli musobaqasida qatnashadigan bo'ldi. 

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: championat.asia