So’nggi yangiliklar

09:08Ангелос Постекоглу: “Мен ҳали ҳам нима бўлганини тушунишга ҳаракат қиляпман“  4 08:40Sofascore. “Ал Фейҳа“ мағлуб бўлди, Шукуров эса  1 08:12Аморим кечаги мағлубиятдан сўнг нималар деди?  10 07:45Sofascore. Финални энг ёмон ўйинчиси ким бўлди?  3 07:17Европа лигаси. Финалнинг учрашувнинг "man of the match"и маълум  11 01:59"Тоттенхэм" "Манчестер Юнайтед"ни мағлуб қилиб, Европа лигасида ғолиб чиқди! Энди лондонликларда ҳам соврин бор!  95 01:58"Сирдарё ФА" бош мураббийи Аббос Махсталиев: "Мақсадимиз – академия ёшларига имконият бериш"  4 00:44"Локомотив" "Бунёдкор"ни мағлуб қилса ҳам гуруҳда қолиб кетган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 00:37Саудия Арабистони. "Ал Насср" ғалаба қозонди, Роналду 935-голини урди  8 00:32Эндрик жароҳати туфайли Клублар ўртасидаги жаҳон чемпионатини ўтказиб юборади  1 00:05Илёс Зейтуллаев: "Футболда ғалабадан кўра, мағлубият кўпроқ сабоқ беради"   0 23:35Кейн Бундеслиганинг энг яхши футболчиси деб топилди  2 23:05Григорий Колосовский: "Ғалаба бор, лекин гуруҳ босқичида тўхтадик"  0 22:38Расман: Флик "Барселона" билан шартномасини узайтирди  3 22:09Никола Лазаревич: "Бугунги ўйинда футболчиларимнинг ҳаракатларидан кўнглим тўлди"  1

"Atalanta", "CHertanovo" va shuning harakatidagi "Odil Junior" haqida Yangiliklar

"Atalanta", "CHertanovo" va shuning harakatidagi "Odil Junior" haqida

Bugungi kunda "Ayaks", "Barselona", o'zimizga yaqinroq tomonlardan esa "Krasnodar" akademiyalari haqida bilamiz. "Ayaks" - XX asrning eng kuchli akademiyasi.

2000 yillarga kelib "Barselona" bu borada juda katta ishni amalga oshirib, klubni o'z tarbiyalanuvchilari bilan superklubga aylantirdi. "Krasnodar" borasida ham juda ko'p gaplarni eshitamiz. Struktura jihatidan eng katta klublardan biri.

Lekin ko'pchilik bugun yaxshi bilmagan ikki klub borki, ular tomonidan bajarilayotgan ishlar taqsinga loyiq. Ulardan biri Italiyaning "Atalanta"si bo'lsa, ikkinichisi Rossiyada hech kim shu paytgacha amalga oshira olmagan vazifani uddalay olgan "CHertanovo" akademiyasi.

"Atalanta" Evropada o'rtamiyona, moliyaviy holati past bo'lgan klublardan biri edi. Vaziyatdan chiqish uchun echim bitta qolgandi: 90-yillar boshida klub tepasiga kelgan Antonio Perkassi etiborni bolalar futboliga qaratadi. Antonioning birinchi qilgan ishi qo'shni "Komo"da aynan shu bo'lim boshlig'i bo'lgan Mino Favinini klubga olib kelish bo'ldi. Bunga qadar Favini Italiyada o'z nomiga ega bo'lib ulgurgandi. Petro Verxovoda, Janfranko Matteoli, Marko Simone, Janluka Zambrotta kabi futbolchilar aynan uning topilmasi bo'lgan.

Natija o'zini uzoq kuttirib qo'ymadi. So'nggi marotaba 40-yillarda yoshlar o'rtasida chempionlikni qo'lga kiritgan "Atalanta" uchun "Milan", "Yuventus", "Roma" va "Inter" bor ligada hozir bu oddiy ish bo'lib qolgan. "Atalanta" akademiyasi o'z hududidagi bolalarni 9-10 yoshidan ajrata boshlaydi. Qo'shni shaharlardagi istedod egalari 14 yoshga to'lib, umumiy maktabni bitirgan bo'lishlari kerak bo'ladi.



13 yoshga qadar asosan texnikaga etibor qaratiladi. Bu orada taktik mashg'ulotlar ham qo'llaniladi. 14 yoshga kelganda jismoniy mashg'ulotlarning birinchi bosqichiga o'tiladi. 15 yoshda esa futbolchi har qanday kurashlarga tayyor bo'lishi kerak. 16 yoshda ular professional taktik saboqlarni ola boshlaydilar.

SHuning uchun 9-12 yoshda farzandingizga jismoniy zo'riqish berayotgan murabbiylardan voz keching. Yaxshi futbolchi uchun har qanday klubda joy topiladi. SHuning uchun balog'at yoshiga qadar imkon qadar klubga emas, yaxshi murabbiyning qo'liga tushish haqida o'ylash kerak.

Italiyadagi ko'plab bolalar bilan ishlaydigan murabbiylar "Atalanta"da faoliyat yuritishni istaydilar. 21ta tabiiy maydoniga ega klubda kim ham ishlashni istamaydi deysiz? Keling, endi deyarli katta imkoniyatga ega bo'lmagan Moskvaning chekkasidagi "CHertanovo" klubi haqida so'z yuritamiz.

"CHertanovo" klubi shu kungacha bolalar va o'smirlar futbol internati ko'rinishida faoliyat yuritib kelgan. SHaroitlari odmigina. Standartga mos bo'lmagan mashg'ulot bazasi, 3ta kichik suniy maydoncha va bitta kichkina zal. Lekin "CHertanovo" ko'rsatayotgan ish mahsulini ko'rgan odam ularda "Krasnodar"dan kam bo'lmagan sharoit bor degan fikrga keladi. Aslida esa unday emas. Status bo'yicha Moskvada "Lokomotiv", "Spartak", "Dinamo" va CSKA jamoalarining yaqiniga ham kelmagan bolalar klubiga hozir kirish amrimahol. Qisqa davr ichida klub Moskvaning top jamoalariga haqiqiy boshog'riq bo'la oldi.



2017/18 yilda jamoaning kattalari qayd etgan natijaga havas qilsangiz arziydi. O'rtacha yoshi 19ni tashkil etgan "CHertanova" sharqiy zonada 1-o'rinni egallagan holda Rossiya 1-ligasi (FNL) yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Ayni paytda Rossiya birinchi ligasining 24-tur o'yinlari ortda qoldi. Yil boshida o'z tarbiyalanuvchilariga o'yin amaliyoti berishni maqsad qilib kuchlilar safiga qo'shilgan moskvaliklar omadi kutilganidan ko'proq kelyapti. 20ta jamoa ishtirok etadigan musobaqada hozir ular 4-pog'onadan joy olganlar. Qizig'i mashhur "Zenit" akademiyasi tarbiyalanuvchilari 20-o'rinda turibdi. "Krasnodar" va "Spartak" 8 hamda 9-o'rinlarni band etgan.

Yana bir etiborga molik tomoni shundaki, 20ta jamoadan faqat uchtasida to'liq Rossiya fuqarolari ro'yxatdan o'tgan. Eng qizig'i esa birgina "CHertanovo" ro'yxatdan o'tkazgan o'yinchilarning barchasi (100%) so'nggi uch yilni klub safida o'tkazayotgan futbolchilardir. Ularning katta qismi Moskva bolalar va o'smirlar o'rtasida o'tkazilinadigan shahar birinchiligida "CHertanovo" sharafini himoya qilishgan.

JCH safari tufayli "CHertanovo" klubi rahbariyati bilan uchrashgan edim. Maqsadim bolalar futbolida hamkorlikni yo'lga qo'yish va o'zimizda tarbiyalanayotgan futbolchilarni mazkur klub orqali Evropaga tayyorlash. Ilq kutib olishdi. Bazasiga tashrif buyurganimda hayron qolgandim. Juda ham oddiygina sharoit. Lekin klubning strategiyasi kuchli bo'lib, eng yaxshi mutaxassislarni yiqqan. Ularning muvaffaqiyati mana shunda bo'layotganini sezish qiyin emasdi. "CHertanovo" klubi Evropada ham o'z o'rniga ega bo'lib boryapti. MDH davlatlarida tashkil qilinadigan musobaqalarda ularni taklif etishni istasangiz, barcha sarf-xarajatlarni ko'tarishingiz kerak.

Ayni paytda Rossiya o'smir va yoshlar terma jamoalarini "CHertanovo" tarbiyalanuvchilarisiz tasavvur qilib bo'lmaydi. 1996 yilda tavallud topgan terma jamoaning 23 nafar futbolchisidan 11 nafari aynan shu klub vakillari edi. 2013 yil Slovakiyada bo'lib o'tgan o'smirlar o'rtasidagi Evropa chempionatida g'oliblikni qo'lga kiritgan Rossiya terma jamoasida 5 nafar maktab tarbiyalanuvchisi oltin medallarni qo'lga kiritgan.



Endi o'zimizga qaytsak. "Odil Junior" jamoasidan avval "JFL" bolalar klubi asoschilaridan biri bo'ldim. Pullik jamoani shakllantirish juda qiyin edi. Klub badal puli tufayli faoliyat olib borishi mumkin edi, xolos. 2017 yilning sentyabr oyida Odil Ahmedov bilan kelishuvga erishdik. Terma jamoamiz sardori klub homiysiga aylandi va biz endi istedod egalarini bepul o'rgata boshladik. Undan tashqari klub eng tajribali murabbiylarni o'z safiga jalb eta boshladi. Ayni paytda 2014 yildan 2006 yilga qadar tarbiya topayotgan barcha yosh toifa tarbiyalanuvchilari poytaxtning etakchilari qatoridan joy olib bo'ldilar va selekciya ishlari tinmay davom etmoqda. Eng muhim jihatlaridan biri, 13 yoshgacha bo'lgan musobaqalar tanqisligini klub o'zi echyapti. Ikkinchi tarkib azolariga ham kuchli musobaqalarni tashkil qilib o'yin amaliyotini taqdim qilib kelmoqda. Bu esa klub futbolchilari o'rtasidagi raqobatni oshiryapti.

Italiyaning "Karpi" jamoasi bilan yaqindan tuzilgan aloqalar samarasi o'laroq, Evropada keng qo'llanilib kelinayotgan metodikalar katta xajmda taqdim etildi. Aynan shu sabab ham klub 1,5 yil ichida katta natijalarga erisha oldi.

Klub 14 yoshga to'lgan futbolchini Evropadagi hamkorlariga tavsiya qilishni boshlaydi va bularning barchasi bepul bo'ladi.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика