“Atalanta” A Seriyada so'nggi 27 yil ichidagi eng yaxshi natijani qayd etmoqda
28 okt 2019 09:24
Yangiliklar


“Atalanta” A Seriyada so'nggi 27 yil ichidagi eng yaxshi natijani qayd etmoqda
“Atalanta” Italiya chempionatining 9-turida “Udineze”ni 7:1 hisobida mag'lub etdi.
Bu orqali Bergamo klubi o'zining eng yirik g'alabasini takrorladi. 1952 yil “Atalanta” 7:1 hisobida “Triestina” jamoasini mag'lub etgandi.
Bundan tashqari “Atalanta” joriy mavsum 9 ta o'yinda jami 28 ta gol urdi. Bu esa A Seriyaning 1992/93 yilgi mavsumidan beri qayd etilgan eng yaxshi ko'rsatkich bo'lib turibdi. O'shanda “Milan” 9 ta turda 29 ta gol urgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar