“Atalanta” A Seriyada navbatdagi rekordni o'rnatdi va "Milan"ning natijasini takrorladi
04 okt 2020 19:25
Yangiliklar


“Atalanta” A Seriyada navbatdagi rekordni o'rnatdi va "Milan"ning natijasini takrorladi
Italiya chempionatining startidan o'rin olgan barcha uch bahsda zafar quchgan “Atalanta” raqiblar darvozasini 13 bor aniq nishonga oldi.
Bergamoliklar bugun “Kalyari”ni 5:2 natijasi bilan taslim etishgan bo'lsa, “Lacio” (4:1) va “Torino” (4:2) darvozasiga to'rt marttadan yo'l topishdi.
SHu tariqa, “Atalanta” chempionat tarixida ilk tur o'yinlarida kamida 4 tadan gol urgan birinchi klubga aylandi.
SHuningdek, Jan Pero Gasperini shogirdlari dastlabki uch turda 13 ta to'p kiritib, 1972/73 yilgi mavsum A Seriyada “Milan” qayd etgan rekordni takrorladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar