"Aston Villa" Abraxam bilan shartnoma imzolashga yaqin
30 iyu 2021 08:25
Yangiliklar
"Aston Villa" Abraxam bilan shartnoma imzolashga yaqin
"Aston Villa" "CHelsi" hujumchisi Temmi Abraxam bilan shartnoma imzolashga yaqin.
Klub londonliklarning so'rovlarini qondirishga va angliyalik o'yinchi uchun 45 million evro to'lashga tayyor.
Oldinroq xabar berilganidek, o'yinchiga shuningdek "Vest Xem" qiziqish bildirgandi, ammo yuqori narx sabab hujumchining transferidan voz kechilgandi.
Abraxam o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 32ta o'yinda maydonga tushib, 12ta gol va 6ta assist qayd etdi.
Fikrlar