"Astana" O'zbekiston terma jamoasi forvardini nishonga oldi
18 noy 2020 18:10
Yangiliklar
"Astana" O'zbekiston terma jamoasi forvardini nishonga oldi
O'zbekiston terma jamoasi va Soligorskning "SHaxtyor" klubi hujumchisi Jasur Yaxshiboev "Astana" klubi qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.
Bu haqda belaruslik jurnalist Vladislav Tatur xabar bermoqda.
"Jasur Yaxshiboevning keyingi mavsumni Belarusda o'tkazishi fakt emas: unga faol tarzda "Astana" qiziqish bildirmoqda", - deb yozadi Tatur telegram-kanalida.
Qayd etish kerakki, Yaxshiboev Toshkentning "Paxtakor" klubiga tegishli va "SHaxtyor" safida ijara asosida o'ynamoqda.
Eslatib o'tamiz, "Astana" joriy mavsumda Qozog'iston Premer-ligasi (QPL)da ketma-ket 6 chempionlikdan so'ng oltin medallarini Almatining "Qayrat" klubiga topshirdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar