Asrorbek Tilavoldiev: "Iftixor" jamoasi o'zini tiklab oldi"
05 noy 2018 17:12
Yangiliklar


Asrorbek Tilavoldiev: "Iftixor" jamoasi o'zini tiklab oldi"
Pro-Liga 33-turidan o'rin olgan "Yozyovon-Lochinlari"-"Iftixor" (1:2) uchrashuvidan so'ng mehmonlar futbolchisi Asrorbek Tilavoldiev "Championat.asia" saytiga intervyu berdi.
Derbilar bejizga futbol muxlislari etiborini qozonmagan. CHunki, derbi maqomida o'tadigan uchrashuvlar har doim shiddatli va tomoshabop tarzda kechadi. Bugun ham "Yozyovon-Lochinlari"-"Iftixor" jamoalari o'rtasidagi Farg'ona viloyati derbisi ajoyib, muxlislarga yoqadigan tarzda shiddatli bo'ldi deb ayta olaman. Garchi uchrashuvda bir oz ustunlik mezbonlar tomonida bo'lgan bo'lsada, biz yuzaga kelgan vaziyatlardan unumli foydalanib, g'alaba qozondik. "Iftixor" jamoasi o'zini tiklab oldi, biz ketma-ket uchrashuvlarda g'alaba qozonyapmiz. Nasib etsa qolgan turlarda ham g'alaba qozonib, jamoamiz muxlislarini xursand qilamiz - deydi Asrorbek Tilavoldiev.
Bekzod Tolibov yozib oldi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar