So’nggi yangiliklar

02:28Ла Лига. "Реал Мадрид" Мбаппенинг дубли эвазига "Бетис"ни мағлубиятга учратди  39 01:50Лига 1. ПСЖ меҳмонда "Лилль"ни мағлуб этди  0 01:46Туркия Суперлигаси. "Сивасспор" Истанбулда "Бешиктош"га мағлуб бўлди, Турғунбоев эса...  3 01:42А Серия. "Ювентус" ва "Рома" ўртасидаги ўйинда ҳисоб очилмади, Шомуродов 82-дақиқада ўйинга қўшилди  22 01:25"Ман Сити" ўйинчисини "Бенфика"га ижарага берди  0 00:11Тен Хаг "Ливерпуль" (0:3)дан учралган мағлубиятдан сўнг нималар деди?  5 23:19Бир-икки, бир-икки...  7 22:40АПЛ. 3-турнинг марказий учрашувида Салаҳ ва Диас "Манчестер"ни "ёндиришди"  13 22:26Бундеслига. "Бавария" ўз уйида "Фрайбург"ни қийинчиликсиз таслим этди  2 22:25Лига 1. "Монако" - "Ланс" 1:1, Ҳусанов Минамино ва Балогунга қарши  3 22:09Ўзбекистон U-20 жамоаси Хитойдаги мусобақага йўл олмоқда. Сафар олдидан видео репортаж  1 21:55АПЛ. "Ливерпуль" "Олд Траффорд"да "Манчестер Юнайтед"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  66 21:33"Спартак" Туркия терма жамоаси футболчиси учун саккиз миллион евро таклиф қилди  1 21:03КХДРнинг ёпиқ ўтган машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  7 20:10ҚПЛ. "Қайрат" — "Астана" ўйини тақдирини 84-дақиқадаги гол ҳал қилди, Йўлдошев эса...  1

Asror G'ofurov: O'zbekistonga qaytaman, lekin hozir emas Yangiliklar

Asror G'ofurov: O'zbekistonga qaytaman, lekin hozir emas

Bir necha yildan beri Turkiya chempionatida to'p surib kelayotgan hamyurtimiz Asror G'ofurov faoliyatini ushbu mamlakatning 4-divizioni vakili CHorlu 1947da davom ettiradigan bo'ldi.

Futbolchi bundan avval Turkiya quyi ligalarida o'ynagan. Biz Paxtakor akademiyasi tarbiyalanuvchisi bilan bog'lanib, undan intervyu oldik.

- Asror, futboldagi ilk qadamlar qanday bo'lgan?

- Paxtakor jamoasi futbol maktabida to'p surishni boshlaganman. Ilk murabbiyim - SHuhrat Rahmonqulov. 2007 yili Paxtakorning 1995 yillarda tug'ilgan futbolchilardan tarkib topgan jamoasida futbol sir-asrorlarini o'rganganman.

- Nima uchun aynan futbol, kimgadir havas bo'lganmi?

- Albatta. Yoshligimdan tajribali himoyachi Asror Aliqulovning o'yinlariga havas qilganman.

- Demak, himoyachi bo'lishni yoshlikdan orzu qilgansiz?

- Ha, lekin vaqt o'tib, yarim himoyada o'ynay boshladim. Murabbiylar tavsiyasi bilan yangi poziciyaga o'tdim.

- Paxtakordan nima uchun ketdingiz?

- Futboldagi hayotimga ozgina bo'lsada o'zgartirish kiritishni xohladim. O'z oldimga katta maqsadlarni qo'yib, Turkiya chempionatiga yo'l oldim.

- Turkiyaga qachon bordingiz va bu transfer qanday amalga oshdi?

- 2013 yilda Turkiyadagi agentlarga Paxtakordagi o'yinlarim videoyozuvi tushirilgan diskni jo'natdim. Ular esa kelishimni so'rashdi. SHu tariqa, Turkiyadagi faoliyatim boshlandi. Avvaliga Beshiktoshning yoshlar jamoasida ko'rikdan o'tdim. Lekin bu klubda qola olmadim. Boisi, ular mendan fuqarolikni qabul qilishimni so'rashdi. Tabiiyki, bunga rozi bo'lmadim. SHunda 1-liga klubi bo'lgan Manisaspor variantini tanladim.

- Paxtakordan erkin agent sifatida ketdingizmi?

- Xuddi shunday. Paxtakorning asosiy tarkibidan boshqa barcha jamoalarida o'ynadim.

- Manisaspordagi ishtirok qanday bo'ldi? Legioner sifatida o'ynashning o'ziga yarasha qiyinchiliklari borligini sezdingizmi?


- Turkiyaga jo'nab ketish oldidanoq legioner sifatida to'p surish oson kechmasligini bilgandim. Lekin tezda kirishib ketdim, deb ayta olaman. Mashhur futbolchilarga qarshi o'ynash baxtiga muyassar bo'ldim. Galatasaroy, Antalyaspor klublari bilan bo'lgan kubok bahslarida Goran Pandev, Felipe Melo, Jemayli, Emre CHolak, Embila kabi ko'zga ko'ringan yulduzlarga qarshi maydonga tushdim...

- Hozirgi klubingiz safiga qachon o'tdingiz? Nima uchun Manisaspordan ketdingiz?


- Yaqindagina CHorlu 1947 jamoasi bilan shartnoma imzoladim. Bu Turkiyaning 4-liga klubi hisoblanadi. Manisaspor 2-ligaga tushib ketganidan so'ng jamoadan ketishga majbur bo'ldim. Turkiyaning ikkinchi va uchinchi ligalarida legionerlarning o'ynashlariga ruxsat berilmas ekan. Ayni paytda yangi mavsumga tayyorgarlik ko'ryapmiz. CHamasi bir yarim oydan so'ng chempionat boshlanadi. Maqsadimiz - liga chempionligini qo'lga kiritish. Turkiyada to'qqizta divizion bor ekan.

- Boshqa variantlar ham bor edimi?


- Yo'q.

- Mabodo, klubingiz 3-ligaga yo'llanma olsa, yana boshqa jamoaga o'tasizmi?


- Ha, chunki o'zga choram yo'q.

- Maoshlarda farq bormi?


- Unchalik katta emas.

- To'rtinchi ligada nechta klub qatnashadi?


- Jami 140ta klub bor ekan. O'n bitta guruhda o'yinlar tashkil etiladi. Har bir guruhda 13-14tadan jamoa qatnashadi.

- Har bir guruhdagi g'oliblar pley-offda o'ynab, keyin 3-ligaga chiqishadimi?


- Xuddi shunday.

- Qaerda yashayapsiz?


- Klub bazasida. Barcha sharoitlar muhayyo qilingan, nolimayman.

- O'zbekistonga qaytish haqida o'ylamayapsizmi?


- Bir kun kelib qaytaman, lekin hozir emas.

- CHempionatimiz o'yinlarini ko'rib boryapsizmi?


- Albatta, kuzatyapman. Paxtakor jamoasiga muxlislik qilaman. Bu yil chempionatda o'zgarishlar katta. Lokomotiv va Neftchi yaxshi transferlarni amalga oshirishdi. Paxtakor jamoasida asosan yoshlar o'ynashmoqda.

- Sizningcha, nima uchun Paxtakor chempionga xos o'yin namoyish eta olmayapti?


- Ko'pchilik shu mavzuda gapiryapti. Men Paxtakor jamoasiga ishonaman. Klub ikkinchi davrada o'z o'yinini topib oladi. Omad yuz o'girmasa bo'lgani.

- Yakunda qaysi jamoa chempion bo'ladi?


- Fikrimcha, Bunyodkor.


Kamoliddin ALIMOV suhbatlashdi

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика