So’nggi yangiliklar

20:25"Рома" МЮ ҳужумчисини қўлга киритишга яқин  0 19:58"Барселона" Тер Штегеннинг келажаги бўйича қарор қабул қилди  1 19:30Апелляция иш берди: ПСЖ футболчисининг жазоси енгиллашди  3 19:02"Динамо" бразилиялик футболчиси билан хайрлашди  1 18:34"Нефтчи" , "Пахтакор", "Динамо" ва "Навбаҳор" футболчилари жаримага тортилди — Тартиб-интизом қўмитаси  7 18:08Аморим "Манчестер Юнайтед"нинг қишки трансфер бозоридаги позициясини очиқлади  4 17:48TVCOM'да бугунги тақвим: “Насаф” юлдузли “Ал-Иттиҳод”га қарши, “Арсенал” Лига Кубогида ва бошқалар  0 17:41"Динамо" БААда йиғин ўтказади  2 17:13Неймар операцияни бошдан кечирди  2 16:46"Андижон" "Ал Аҳли"га қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум қилинди  4 16:19"Динамо" Маҳмуд Маҳамаджонов билан хайрлашди  4 15:59Слот "Ливерпул"да икки позицияни кучайтирмоқчи  1 15:35​Ўзбекистон МТЖ Қатарда йиғин ўтказади  1 15:18Равшан Эрматов: "Ўзбекистон март ойида КОНМЕБОЛ, КОНКАКАФ ва Африка жамоалари билан ўйнайди"  6 14:55Элит ОЧЛ. Мавсумнинг охирги ўйини қандай тугайди?  5

Asror G'ofurov: “Bangladeshga o'tishim ortga tashlangan qadam ekanini bilaman, biroq o'sha vaziyatda boshqa choram yo'q edi” Yangiliklar

Asror G'ofurov: “Bangladeshga o'tishim ortga tashlangan qadam ekanini bilaman, biroq o'sha vaziyatda boshqa choram yo'q edi”

O'tgan mavsumni “Surxon”da o'tkazgan va keyinchalik O'FA tomonidan chetlatilgan Asror G'ofurov hozirda Bangladesh chempionatida to'p tepmoqda.

Futbolchi bilan bog'lanib, u bilan yangi jamoasi va maqsadlari borasida suhbatlashdik. 

Bangladeshga yo'l olishi borasida

- “Surxon”dagi xunku voqeadan keyin O'FA futbol bilan bog'liq har qanday faoliyatdan chetlatdi. CHempionat bahslari ham tugab, yangi mavsum boshlanishiga esa yana 4-5 oy vaqt bor edi. SHuncha vaqt uyda o'tirishni istamadim. Bu orada Bangladeshning 2-3 jamoasi menga taklif bilan chiqqandi. Biroq men barchasiga rad javobini berib kelayotgandim. Kutilmagan vaziyat yuzaga kelganidan so'ng sport formamni ushlab turish uchun ham “Saif Sporting” taklifini qabul qildim. CHunki qancha vaqt o'ynamasam, bu mening sport formamdan chiqib ketishimga sabab bo'lardi. 

SHartnomasi muddati va sharoitlar to'g'risida 

- “Saif Sporting” bilan 2022 yilning 31 avgustiga qadar shartnoma imzoladim. Bu klub Bangladeshning eng yaxshi 3-4 jamoasidan biri hisoblanadi. Klub menga barcha sharoitlarni yaratib bergan. Umuman olganda, klub tizimida yaratilgan imkoniyat va infratuzilma bizning Superliga jamoalaridan aslo qolishmaydi. Qisqasi, barchasi meni qoniqtirmoqda.

Bangladesh futboli saviyasi borasida

- Hozircha chempionat o'yinlari boshlangani yo'q. Kubokda ishtirok etdik. Saviya jihatidan bizning futbolga solishtirib bo'lmaydi. Bu erda futbol bosqichma-bosqich rivojlanmoqda. Deylik, har bir jamoada yaxshi saviyali legionerlar bor. “Saif”da ham Bangladesh milliy terma jamoasi sardori va bir nechta futbolchilari to'p tepadi. 

Bu erga kelishi haqida

- Bangladesh chempionatiga yo'l olishim ortga tashlangan qadam bo'lishi mumkin. Lekin bir narsani tushuning, men uyda o'tirib kutganimda, sport formadan chiqib ketardim. O'sha vaziyatda boshqa yo'lim yo'q edi. SHu tomonlarini inobatga olib, “Saif Sporting” taklifini qabul qildim. 

Asosiy maqsad xususida

- Maqsadimiz – chempionlikni qo'lga kiritish hisoblanadi. CHunki jamoamiz tarkibi bunga munosib. Bizda Nigeriya, Ruanda milliy terma jamoasi futbolchilari ham bor. Tajribali mutaxassis faoliyat yuritmoqda.  SHuningdek, mahalliy yaxshi ijrochilar o'ynamoqda. Ishonamanki, mavsum yakunida biz albatta asosiy maqsadimizga erisha olamiz.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика