So’nggi yangiliklar

21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  2 21:02"L’Equipe" йил рамзий термасини эълон қилди  0 20:46"Пахтакор"нинг Туркиядаги илк йиғинидаги рақиблари маълум қилинди  0 20:23"Астон Вилла" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  0 20:04"Навбаҳор"ни 9 футболчи тарк этди  7 19:43Шотландия чемпионатида энг катта учрашув ўтказилди  4 19:28АПЛ. "Астон Вилла" ўз майдонида "Ноттингем Форест"ни мағлуб этиб, 2-ўринга чиқиб олди  2 19:02Саматов энди "Андижон"да спорт директор бўлиб ишлайди  1 18:38"Андижон" дарвозабони билан шартномани узайтирди  2 18:19"Манчестер Юнайтед" Мареска номзодини кўрмаяпти  1 18:00Хаби Алонсо: "Винисиусда табассум кўряпман"  1 17:31Суперлига клублари қачон, қаерда йиғин ўтказишади?   10 17:23"Манчестер Юнайтед"нинг декабрь ойидаги энг яхши футболчиси маълум қилинди  0 17:03Сергей Арсланов "Сўғдиёна"да иш бошлади  4 16:39"Атлетико" президенти: "Ишончим комилки, Симеоне билан EЧЛда ғалаба қозонамиз. Нега энди йўқ? Бизда яхши жамоа бор, бироз омад етишмаяпти”  3

Asror Aliqulovni nima tashvishga solmoqda? Yangiliklar

Asror Aliqulovni nima tashvishga solmoqda?

Yaqinda PRO-Liga vakili “SHo'rtan” bosh murabbiyi etib tayinlangan Asror Aliqulov yangi mavsumga jamoasini imkon qadar puxta tayyorlashga xarakat qilmoqda.

G'uzorliklar hozircha o'z qarorgohida yig'in o'tkazmoqda. Yaqinda ushbu jamoaning Toshkentga safar qilishi rejalashtirgandi. Ammo ayrim sabablarga ko'ra, “SHo'rtan” yana o'quv-yig'in mashg'ulotlarini G'uzorda davom ettiradigan bo'ldi. Bo'lajak chempionat startiga ham tobora oz vaqt qolmoqda. Xo'sh, Asror CHorievichning tayyorgarlikdan ko'ngli qanchalik to'lmoqda? SHu va boshqa savollarga javob olish maqsadida Aliqulov bilan suhbatlashdik.  
 
-Asror CHorievich, boshqaruvingizdagi “SHo'rtan” jamoasining yangi mavsumga tayyorgarligi qay tarzda kechmoqda?

- Rasmiy o'yinlar boshlanishiga ham tobora oz fursat qolmoqda. O'quv-yig'in mashg'ulotlarini asosan o'z qarorgohimizda olib boryapmiz. Mahalliy jamoalarga qarshi sinov-nazorat o'yinlarida ham maydonga tushdik. Rejaga ko'ra, 8 mart kunidan Toshkentdan yig'in o'tkazishimiz kerak edi. Poytaxtda bir nechta o'yinlar orqali, jamoa o'yinini shakllantirishni o'ylagandik. Ammo rejamiz amalga oshmadi. Tan olish kerak, bu masala ko'proq moliyaviy jihatga borib taqaladi. Bosh homiyimizning amaliy yordami bizga hozirda juda zarur. Rahbariyatni to'g'ri tushunaman. Ichki imkoniyatdan kelib chiqib, sharoit yaratib berishga xarakat qilmoqda.  



- Ayni damga kelib, PRO-Liga klublarining bazilari Toshkentda va xatto xorijda qizg'in tayyorgarlik ko'rmoqda. SHunday paytda “SHo'rtan”ning Toshkent safari amalga oshmagani bosh murabbiy sifatida kayfiyatingizni tushurib yuborgan bo'lsa kerak?

-Albatta, bu narsa meni juda tashvishga solmoqda. Negaki, poytaxtga borib kuchli sparring-raqiblarga qarshi nazorat o'yinini o'tkazishimiz juda muhim. Qolaversa tarkibni kuchaytirish uchun selekciya ishlarini ham jiddiy suratda olib borishimiz lozim edi. Afsuski rejamiz amalga oshmadi. Nima ham deymiz, yigitlarni yana G'uzorda yig'ib, tayyorgarlikni davom ettiramiz.  


- Tarkib borasida o'zingiz gap ochdingiz. Bu borada qanchalik qoniqish xosil qilmoqdasiz?

-O'tgan yili jamoa safida xarakat qilgan mahalliy va shu bilan birga tajribali o'yinchilarning ayrimlarini tarkibda saqlab qolishga erishganmiz. Bular – Alibek Turobov, Olim Karimov, Jamol Otaqulov, Otabek Narzullaev hamda Maruf Murodovdir. Ushbu o'yinchilarning yoniga mahalliy yoshlarni qo'yib, kurashchan jamoa shakllantirishga xarakat qilmoqdamiz. Hozirgi tarkib va jamoaviy o'yin bo'yicha hozir sizga tayinli gap aytishim qiyin. CHunki biz kuchliroq sparring-raqiblar bilan nazorat o'yinini o'tkazishimiz kerak. Jamoaning kuchi shunda bilinadi.  


- SHu kungacha qaysi futbolchilarni “SHo'rtan”ga taklif etgansiz?

- Qashqadaryolik Temur Jo'raev bu yil jamoamizda o'ynaydi. Ushbu tajribali darvozabon bizga yordam berish uchun keldi. Jo'raev futbolchilikni tugatish arafasida turgandi. Uni jamoaga taklif etib, o'z tajribasi bilan endi-endi o'sishga erishib kelayotgan Alibek Turobovga yordam berishi muhimligini tushuntirdim. SHu bois Temur bu yil “SHo'rtan”ga yordam beradi. “Mashal” yoshlar jamoasidan Mo'min Meliev, Muhammad Aliqulov, Bundan tashqari himoyachi Obid Jo'raboevni ham jamoada qolishini istagandim. Yaqinda u “SHo'rtan” yig'inida ishtirok etib ortga qaytdi. Moliyaviy masalalar hanuz aniq bo'lib ulgurmagani tufayli Jo'raboevni jamoada olib qola olmadik.  

- Qashqadaryolik hujumchi Kenja To'raevni “SHo'rtan”ga qaytarish fikri bormi?

- Kenja To'raevni yaxshi bilaman. Bunday hujumchi jamoamizga zarar qilmasdi. Lekin uni “SHo'rtan”ga qaytarish uchun talablarini bajarishimiz ham kerak.  


Islombek Rustambekov suhbatlashdi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика