Asror Aliqulov: "Tarkibimizda 15 nafar futbolchi bor, ulardan ikki nafari darvozabon"
30 mar 2021 22:14
Yangiliklar
Asror Aliqulov: "Tarkibimizda 15 nafar futbolchi bor, ulardan ikki nafari darvozabon"
"Birinchi navbatda "Buxoro" jamoasini o'rganib chiqdik. Futbolchilarning deyarli barchasi Superligada o'ynagan. Uchrashuv davomida kam vaziyat yaratamiz deb o'ylagandim, ammo kutganimdan ko'proq vaziyatlar yaratdik. Biroq gol ura olmadik. Futbolchilar koncentraciyani yo'qotib qo'yishdi va gol o'tkazib yubordik. Bundan tashqari bizda zaxiradan maydonga tushirib o'yinni kuchaytira oladigan futbolchi yo'q. Tarkibimizda 15 nafar futbolchi bor, ulardan ikki nafari darvozabon. Bugun 18-19 yoshli futbolchilar o'ynashdi. So'nggi daqiqalarda gol urish uchun bizga kuch etmay qoldi.
Bu mavsumdan oldin "Nasaf" va "Mashal" klublaridan 9 nafar futbolchini chaqirishga tayyor edik. Ammo transferlarga qo'yilgan taqiq tufayli buni amalga oshira olmadik. Agar xudo ko'rsatmasin 3 nafar futbolchimiz kasal bo'lib qolsa reglament bo'yicha 13 nafar futbolchini ham yig'a olmaymiz. SHu bois 2003 yilda tug'ilgan 2 nafar futbolchini jalb qildik.
Bugungi o'yinda himoyachilarimizga qiyinchilik tug'dirildi deb o'ylamayman. "Buxoro" asosan qanotlardan hujum qiladi va standart vaziyatlardan foydalanishga urinishadi", - deydi Asror Aliqulov championat.asia saytiga.
Fikrlar