So’nggi yangiliklar

08:14Саудия Арабистони чемпионати. «Ал Иттиҳод» «Ал Фотеҳ»ни мағлуб этди ва турнир жадвалининг 1-ўрнига кўтарилиб олди  0 07:39Элит ОЧЛ. Бугун «Пахтакор» Машарипов жамоасига қарши баҳс олиб боради  1 02:05Илёс Қурбонов: "Ҳаёт-мамот ўйинида зафар қучдик. "Насаф"га қарши ҳам ғалаба учун майдонга чиқамиз"  2 01:45Иван Бошкович "Локомотив"га қарши ўйинда Йовович асосий таркибда тушмаганини айтди  3 01:29Григорий Колосовский: "Зарба бермасдан гол уриб бўлмайди"  1 00:24Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Леганес"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  46 23:59А Серия. "Наполи" — "Рома" ўйини тақдирини битта гол ҳал қилди  4 23:30АПЛ. МЮ Аморим қўл остидаги илк ўйинда "Ипсвич Таун"ни мағлуб эта олмади  24 22:55Машарипов "Пахтакор"га қарши ўйин олдидан: "Бу жамоада катта бўлганман, аммо..."  5 22:12"Лестер" Куперни истеъфога чиқарди  3 21:15АПЛ. "Саутгемптон" ва "Ливерпуль" ўртасидаги ўйинда 5та гол урилди  38 21:13 Элит Чемпионлар лигаси. "Пахтакор" бош мураббийи Максим Шацких ва ўйинчиси Ҳожиакбар Алижонов "Истиқлол"га қарши ўйин олдидан нималар деди?  5 20:09Перес Винисиусга мурожаат қилди  8 19:45Кетма-кет иккинчи йил чемпион бўлган Бобир Абдихолиқов билан интервью   2 19:37Суперлига. "Сўғдиёна" – "Локомотив" 2:0. Highlights  0

Asror Aliqulov: "Superligaga qaytishimizning asosiy siri ahil oila bo'la olganimizda" Yangiliklar

Asror Aliqulov: "Superligaga qaytishimizning asosiy siri ahil oila bo'la olganimizda"

Ikki yillik tanaffusdan so'ng “Mashal” yana Superligaga qaytdi.

O'tgan mavsum Proligada ishtirok etgan muborakliklar ishonchli o'yin ko'rsatgan holda yakunda birinchi o'rinni egallashdi. SHu munosabat bilan jamoa bosh murabbiyi Asror Aliqulovdan intervyu oldik. 


- Asror aka, “Mashal” jamoasini ikki yillik tanaffusdan so'ng yana Superligaga qaytgani bilan tabriklaymiz. Jamoa butun mavsum ishonchli o'yin ko'rsatgan holda Proliga chempioni sifatida Superligaga yo'l oldi. Mavsum yakunlari borasida dastlabki taassurot qanday? 

- Tabrik uchun rahmat. Endi mavsum haqida gapiradigan bo'lsak, chempionlikni nishonlagan bo'lsak-da, Proliga bahslari oson o'tdi deb bo'lmaydi. Jamoamiz futbolchilari birmuncha yosh bo'lgani uchun hamma bizga jiddiy qarshilik qildi. 

Proliga “A” guruhida 8ta jamoa kurash olib borgan bo'lsa, hech birini kuchli yo kuchsiz deb ajratmagan bo'lardim. Ko'p jamoalar saviya jihatidan ham bir-biriga yaqin edi. Tarkibimiz yoshlardan iborat bo'lgani bois o'yindan oldin yigitlarning hayajonni engib o'tishlari qiyin bo'ldi. Endi futbolchi yosh bo'lganidan keyin baribir hayajon bo'ladi va vaqt o'tib bu narsa kamayib boradi. 

CHempionat yakuniga bir necha tur qolganida chempionlikka erishdik. O'ylaymanki, buning ortida katta mehnat yotibdi. Bu nafaqat murabbiylar shtabi yoki futbolchilarning mehnati, balki klub rahbariyati, homiylar va albatta muxlislarimiz ko'magi deb bilaman. Qolaversa yil davomida to'g'ri yo'nalish bo'yicha ish olib bordik. Klub rahbariyati va xodimlar mashg'ulot o'tkazish uchun barcha sharoitni qilib berishdi. 


- Proliga bahslarida eng jiddiy qarshilik ko'rsatgan klub deb kimni ko'rsata olasiz? 

- Farg'ona vodiysining ikki klubi “Neftchi” bilan “Istiqlol”ni tilga olagan bo'lardim. Har ikki jamoa butun mavsum davomida bizni qattiq taqib etib bordi. O'zaro o'yinlar ham nihoyatda qiyin kechdi. O'z navbatida bu ikki jamoaning borligi “Mashal” uchun hushyorlikni yo'qotmaslikka sabab bo'ldi.

 

- Avvalgi intervyungizda Proliga formati haqida tanqidiy fikr bildirgandingiz. Yani, bitta jamoa bilan o'zaro to'rt marta o'ynash juda g'alati degansiz. O'tgan yil bosh murabbiy sifatida yana shu formatda jamoani o'ynatdingiz. Hozir qanday fikrdasiz? 

- Ha, to'g'ri shunday deganim rost. O'shanda “SHo'rtan” bosh murabbiyi edim va bir jamoa bilan to'rt marta o'ynash menga g'alati ko'ringandi. Futbolda doim turli jamoalarga qarshi o'ynagan maqul. 

Doim bitta jamoa bilan kuch sinashish ruhiy tomondan qiyinchilik keltirib chiqaradi. Men o'zim ham futbolchilik paytimda ikki davrali chempionatda to'p tepganman va shuni eng maquli deb bilaman. Lekin hozir PFL Proliga formatini sal boshqacha qilib o'tkazyapti. Balki bu yil yana o'zgarib qolishi mumkin.

 

- Mavsum davomida futbolchilar xayolida birinchi o'rinni olganimiz bilan PFL bizni Superligaga qo'ymasa-chi degan fikr bo'ldimi? 

- Albatta, futbolchilar bilan doim suhbat olib boramiz va ularning xayolidan bunday fikr o'tganmi-yo'qmi mavsum davomida bilinmadi. CHunki hammamiz bir maqsad yo'lida harakat qildik. Yil boshida jamoamiz oldiga Superligaga qaytish vazifasi qo'yilgandi. 

Yozda O'FA rahbariyatida o'zgarish bo'lib, bizni qo'llab-quvvatlovchilar ko'paydi. Bir so'z bilan aytganda, “Mashal”ga bo'lgan munosabat o'zgardi. SHundan so'ng yanada o'zimizga ishonch bilan o'ynay boshladik. Yangi rahbariyat agar “Mashal” o'z kuchi bilan Superligaga chiqsa, hech kim qarshilik qilmaydi deganidan keyin bunday savolga o'rin qolmadi. 


- Katta ehtimol bilan keyingi yil ham 14ta jamoa ishtirokida Superliga guvohi bo'lamiz. Siz 14 jamoa qatnashadigan milliy chempionatga nima deysiz? 

- Agar 16ta bo'lsa yaxshi bo'lardi, menimcha 14 jamoa biroz kamroqdek. CHunki yurtimizning ko'plab joylarida futbolni yaxshi ko'rishadi. Agar 16ta jamoa ishtirok etsa o'yinlar soni 30tadan bo'ladi, buni eng optimal variant deb o'ylayman. PFL jamoalar sonini kamaytirib chempionat sifatini oshirishga harakat qilyapti. Bir tomondan ularni ham to'g'ri tushunish lozim. 


- Bu yil vazifa uddalanishida “Mashal” akademiyasi tarbiyalanuvchilarining roli ko'proq bo'ldimi? 

- Mavsum avvalida tarkib tuzayotganimizda asosiy urg'u o'z tarbiyalanuvchilarimizga qaratilishini bilardik. Lekin baribir kuchayish uchun chetdan ham o'yinchilarni taklif etdik. 

Har qanday klub vazifani bajarish uchun yoshi katta o'yinchilarni taklif qiladi va ularning tajribasiga suyanadi. Qolaversa kattalar yoshlarga o'rnak bo'lishga harakat qiladi. Lekin biz hammaga bir xil qaradik. Kimdir ko'p o'ynagan, kimdir kam maydonga tushgan bo'lishi mumkin, hammasi raqobatga bog'liq. Meni xursand qilgan jihati biz bir oila bo'la olganimizda. Davralar oralig'ida kelgan futbolchilar ham tezda qo'shilib keta olishdi.

 

- Hal qiluvchi o'yinlar deb qaysi uchrashuvlarni alohida takidlab o'tasiz? 

- Taqvim shunday tuzildiki, uyda “Istiqlol”ni qabul qilsak, keyin safarda “SHo'rtan” bilan o'ynashimizga to'g'ri keldi. Ketma-ket qiyin jamoalar tushdi. Maqsad esa asosiy raqiblardan ochko olish edi. Negaki asosiy raqobatchingizni engsangiz chempion bo'lish imkoniyati oshib boradi. Menga ko'proq “Istiqlol” va “SHo'rtan” bilan kechgan o'yinlar maqul keldi. 


- “Oqtepa” klubining uchinchi o'rinni egallashi sizni hayron qoldirdimi? Har holda bu jamoa yil boshida qayta tuzilgandi. 

- To'g'risi, hayron qoldirdi. CHunki Proligada “Neftchi” va “SHo'rtan” kabi o'z nomiga ega jamoalar bo'lishiga qaramay, “Oqtepa” uchinchi o'rinni egalladi. Bu jamoa mavsumni yaxshi o'tkazdi. “Oqtepa”ning uchinchi o'rinni olishi tasodif demagan bo'lardim. Jamoa hujumkor o'yini tufayli shunday natija qayd etdi.

 

- Superligaga qaytgan “Mashal” buyog'iga qanday tayyorgarlik ko'radi? 

- Hozircha yangi mavsum uchun rejalarni to'liq ishlab chiqqanimiz yo'q. Dastlabki rejaga ko'ra, 5 yanvar kuni Muborakdagi qarorgohimizda yig'ilamiz va mashg'ulotlarni boshlaymiz. SHundan so'ng klub rahbariyati bilan maslahatlashgan holda keyingi rejalarni ishlab chiqamiz. 

Jamoa tarkibi ancha yosh va shu futbolchilarni saqlab qolgan holda tayyorgarlik olib boramiz. Biz Proligada mehnat qilgan barchaga Superligada ham imkon bermoqchimiz. Lekin tan olaylik, Superliga baribir boshqa saviya va bunda kurash yuqori darajada kechadi. SHundan kelib chiqib biz ham kuchayishga harakat qilamiz.


- Mavsumlar oralig'ida doim beriladigan savol futbolchi va murabbiylarning shartnomasi bilan bog'liq. Klub bilan amalda shartnomangiz bormi?

- SHartnomam bor. SHu bois yana “Mashal”da qolib jamoani shug'ullantirishni xohlayman. Endi futbolchilar haqida gapiradigan bo'lsam, yoshlarda shartnoma bor. Yoshi kattalarda tugagan bo'lishi mumkin va bu masalani klub hal qiladi. 

Bugungi kunda “Mashal”ning siyosati shunday: kuchli jamoalardan taklif tushsa futbolchilarni majbur ushlab o'tirmaymiz. CHunki buyoqda akademiya ham ishlashi kerak. Lekin bu degani kimni chaqirishsa hammaga ruxsat beramiz degani emas. Unda “Mashal” kuchsizlanib qolishi mumkin. Yaxshi futbolchilar o'zimizga ham kerak. Bu yil ham yoshi katta futbolchilarni taklif etmoqchimiz. Bizga ko'p pul so'raydigan o'yinchilar kerak emas. Bizga ko'proq o'z oldiga maqsad qo'yadigan futbolchilar lozim bo'ladi. 


- Bundan kelib chiqyaptiki, har turda kurashuvchan jamoani xohlaysiz? 

- SHuni vada berib aytishim mumkin, biz har bir o'yinga xuddi finaldek munosabatda bo'lamiz. Qanday natija qayd etishimizni bilmayman. Faqat futbolchilarga har bir uchrashuvda ter to'kib “jang” qilishlari kerakligini uqtiramiz. “Mashal” Superligada ham o'z o'rnini topishini va kurashuvchan jamoa bo'lishini xohlaymiz. 


- Asror aka, suhbat uchun katta rahmat. Fursatdan foydalanib “Mashal”ning Superligaga qaytgani bilan yana bir bor tabriklab qolamiz. 

- SHu o'rinda men ham qashqadaryolik muxlislarni Muborakka katta futbol qaytgani hamda xalqimizni kirib kelgan Yangi yil bilan tabriklayman. O'ylaymankim, 2020 yil o'zbek futboli uchun yanada omadli kelib ko'plab yutuqlarga erishamiz.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика