Asror Aliqulov: "So'g'diyona" bugun bor kuchi bilan o'ynashini taxmin qilgandik"
29 mar 2025 23:25
Yangiliklar
Asror Aliqulov: "So'g'diyona" bugun bor kuchi bilan o'ynashini taxmin qilgandik"
Superliganing 3-turidan o'rin olgan "Mashal" - "So'g'diyona" (1:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Asror Aliqulov matbuot anjumanida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Avvalambor barcha yurtdoshlarimizni Ramazon hayit ayyomi bilan tabriklayman. "So'g'diyona" jamoasi dastlabki 2 ta turdagi mag'lubiyatdan so'ng bugun borini berib o'ynashini taxmin qilgandik. Shunga mos ravishda tayyorgarlik ko'rdik.

"Mashal" jamoamizga befarq bo'lmagan barcha muxlislarni Superligada qayd etilgan g'alaba bilan tabriklayman. Ishlaydigan jihatlarimiz ko'p. Tarkibimizdagi ayrim yosh futbolchilarda o'zlariga ishonch etishmayapti. Ular ham o'yindan-o'yinga Superliga havosiga moslashib borishadi", - deydi muborakliklar ustozi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar