So’nggi yangiliklar

22:43Фоден мураббий бўлишни хоҳлайди  0 22:03Суперлига. "Навбаҳор" Наманганда ОКМКни йирик ҳисобда мағлуб этди ва жадвалдаги очколар фарқини қисқартириб олди  69 21:38"Милан" ёш испан футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 20:48"Барселона" чемпионлик учун қанча мукофот пули тўлаши маълум бўлди  11 20:18Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Мамелоди Сандаунс" - "Боруссия" Д. Асосий таркиблар маълум!  1 19:59Про-лига. "ФарДУ" тезкор гол эвазига "Олимпик"ни мағлуб қилди  0 19:23"Реал"га Родри керак  6 18:54"Манчестер Сити" Гвардиолага ўринбосар топиб қўйди  6 18:24Энцо Мареска: "Ўйин услубини ўзгартирамиз"  2 17:53Ислом Исмоилов: "Чили ва Боливия билан ўйинлар жуда керакли тажриба бўлди"  6 17:50Мавсумдаги энг яхши ўртача томошабинлар рейтинги эълон қилинди, Жанубий Америка етакчи, "Барселона" 35-ўринда  9 17:10"Бавария" "Барселона"дан Нико Уильямсни илиб кетишга тайёрланмоқда  2 16:02"Реал" ярим ҳимоячиси Алонсо билан келишмовчилик сабаб клубдан кетиши мумкин  16 15:25"Ливерпуль" Конате билан янги шартнома бўйича келишувга эриша олмаяпти, футболчига "Реал" қизиқиш билдирмоқда  3 14:55Левандовски 2026 йилнинг ёзида Саудия Арабистонига ўтиши мумкин  8

Asror Aliqulov: "SHo'rtan"dan transfer taqiqi olib tashlanmasa xayronman nima bo'ladi" Yangiliklar

Asror Aliqulov: "SHo'rtan"dan transfer taqiqi olib tashlanmasa xayronman nima bo'ladi"

Pro liganing 3-turidan o'rin olgan "Xorazm" - "SHo'rtan" (4:0) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Asror Aliqulov o'z fikrlarini bildirdi.



"Bugungi o'yinga tayyorgarlik jarayonida "Xorazm"ga standart vaziyatlar yaratib bermaslikni shogirdlarimga uqtirgandim. Afsuski to'rtta gol ham standart vaziyatdan urildi. Soniyalik koncentraciyani yo'qotilishi tufayli xatolarga yo'l qo'ydik. Alamlisi futbolchimiz qizil kartochka ham oldi. Tarkibimizda futbolchilar tanqisligi bor. Noilojlikdan 2002-2003 yilda tug'ilgan bollarni maydonga tushirayapmiz. Ular tayyor emasligi ko'rinib turibdi. Himoyachilardan Ro'zimboy Ahmedovga alohida etibor qaratishni aytgandik. Tajribali hujumchiga qarshi yosh himoyachilarimiz munosib qarshilik ko'rsata olishmadi.

Tarkibimizga qo'shilgan futbolchilar pro liga saviyasidan past. O'tgan yil U-18 chempionatida o'ynashgan, ular xali tayyor emas. Afsuski transferlarga qo'yilgan taqiq tufayli bunga majburmiz.

Moliyaviy holatimiz yomon emas, chunki futbolchilarimizning ko'pi yosh va ularning maoshi katta emas. SHu bois klub bu borada qiyinchilik yo'q.

Oldin klubimizda ishlab ketgan xorijlik murabbiyning qarzdorligi tufayli yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazish uchun taqiq qo'yilgan. Bosh homiy va klub rahbariyati o'sha qarzni uzishga harakat qilishmoqda. Agar taqiq olib tashlanmasa keyingi o'yinlarda kimlar bilan o'ynaymiz xayronman.

Keyingi turda "Olimpik" bilan o'ynaymiz. Zaxiramizda bor yo'g'i ikki futbolchi qolmoqda. Afsuski maydonda futbolchilardan bor kuchi bilan o'ynamaslikni iltimos qilyapmiz. Sababi zaxiradan maydonga tushadigan futbolchi yo'q, bundan tashqari keyingi o'yinga charchab qolmasliklari kerak.

Maqsadimiz imkon qadar o'rta o'rinlarda yurish. Kuchli beshlikka kirishga urinamiz. O'yinlar juda qiyin kechmoqda", - deydi Asror Aliqulov.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика