So’nggi yangiliklar

01:00Сречко Катанец 62 ёшда! У ҳақида 20 та қизиқарли факт  6 00:53"Истанбул Башакшеҳир" назорат учрашувида "Рейхенау" клубини мағлубиятга учратди. Шомуродов норасмий дебют қилди  4 00:19МЮ ёзда биронта ҳам ўйинчи сотмай, трансферлардан 24 млн евро ишлаб олди  1 23:45Беллингем елкасини операция қилдирди."Реал" ярим ҳимоячиси қанча муддатга сафдан чиққани маълум  3 23:23Расман: "Атлетико" 30 млн евролик трансферни амалга оширди  0 22:59Де Паул ҳам Мессининг ёнига боради. "Атлетико" ва "Интер Майами" келишиб олишди  2 22:35"Ливерпуль" Экитике бўйича "Айнтрахт" билан музокарага киришди  1 22:11Йоахим Левга яқин манба Ўзбекистон билан музокаралар бўлаётганини тасдиқлади, мураббийга маслаҳатчи лавозими таклиф қилинган – Sport24  78 21:50Расман: Ламин Ямал янги мавсум "Барселона" сафида 10-рақамда ҳаракат қилади  4 21:29Ислом Исмоилов: "Москвада маҳаллий клублар билан назорат учрашувлари ўтказамиз"  6 21:01Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Мираброр Усмонов хотира турнирига тайёргарликни давом эттирмоқда  2 20:25Ламин Ямал янги мавсум 10-рақамда ўйнашига ишора қилди(ми?)  1 19:48Иброҳим Йўлдошев - ОКМК футболчиси  2 19:14Суперлига. Биринчи давранинг эътиборга молик 5 воқеаси   6 19:12ЖЧ2026да 4 та танаффус бўлиши мумкин  7

Asror Aliqulov: "Ro'za tutib, futbol o'ynash qiyin. Vaqtni PFL belgilaydi" Yangiliklar

Asror Aliqulov: "Ro'za tutib, futbol o'ynash qiyin. Vaqtni PFL belgilaydi"

"Surxon"ga qarshi Superliganing 6-tur bahsidan so'ng (0:0) "Qizilqum" ustozi Asror Aliqulov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Asror Aliqulov: "Bugun yaxshi o'yin ko'rsata olmadik. To'p nazorati ko'pincha raqib tomonda bo'ldi. Agressivlik etishmadi. Tez o'ynash bo'yicha ko'rsatma bergandik, ammo yigitlar buni uddalay olishmadi.

- Durang adolatli natijami?

- SHunday. Biroq har qanday xato qimmatga tushishi mumkin edi. SHu sababli bahs oxirigacha bosimda bo'ldik.

- Jasur Xolto'raev asosiy tarkibda maydonga tushmadi. Bu taktik yurishmi yoki unda jarohat bormi?

- Ha, unda kichik shikastlanish bor edi. Taktikada ham o'zgarish bo'ldi. Qanotlardan uzatmalarni ko'paytirdik, ammo o'ylaganimizdek hujumlarni tashkil eta olmadik.

- Sodiqovning o'yinidan qoniqdingizmi?

- Yo'q, qoniqmadim. Navbatdagi bahslarda o'zini ko'rsatadi deb umid qilaman.

- "Qizilqum" uchta o'yindan beri birinchi bo'limda maydonda sayr qilayotgandek tuyilmoqda. 

- Jamoamizda yoshi katta futbolchilar ko'p, ularga tushintirishga harakat qilyapmiz. Bu ko'proq futbolchilarning o'ziga bog'liq. Ular o'z familiyasi uchun harakat qilishi lozim.

- O'yinlarni bu vaqtga qo'yish to'g'rimi? Bazi murabbiylar bahslar 19:00dan keyin bo'lsa yaxshi edi deb aytishmoqda.

- Bu haqida ko'p gapirmoqchi emasman. Ro'za tutib, futbol o'ynash qiyin. Vaqtni PFL belgilaydi. Hamma shunday o'ynayapti. Futbolchilar o'z vazifasini professionallardek ado etishni xohlar edim.

- O'rinbosarlar tarkibida ham yaxshi futbolchilar bormi? Ularga imkoniyat beryapsizmi? Masalan, Diyor Rahmatullaev.

- Diyorning o'yinidan mamnunmiz. U "Paxtakor"ga qarshi bahsda maydonga tushdi. Biroq hali yoshligini hisobga olib, tajribaliroq futbolchiga imkoniyat berdik.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика