So’nggi yangiliklar

21:24Криштиану Роналду шартнома узайтирилгани ҳақида: "Менинг амбицияларим тугамайди"  0 20:59U21 биринчилиги. Пешқадамлар баҳсида дуранг, "Сўғдиёна", "Андижон", "Машъал"дан камбэк ва бошқа натижалар  0 20:17"Окленд" 1 млн долларни футболчилар ҳамда ходимлар ўртасида тақсимламоқчи  1 20:00Суперлига. "Хоразм" - "Андижон" 2:1 (матнли трансляция)  36 19:53"Ливерпуль" собиқ футболчиси Лаллана фаолиятини тугатиб, мураббийликка ўтди  3 19:30Шомуродов тавсияси билан Сурхондарё вилояти футбол академиясига спорт директори тайинланди  5 18:47Расман: Роналду "Ал Насср"да қолди!  10 18:37"Бухоро" мураббийи регламентни бузди, "Динамо" VAR машинаси турган жойда хавфсизликни таъминлай олмади, "Навбаҳор" ўйин давомида тўпларни яшириб қўйди — Лига комиссарлари билдиргиси  11 18:10Сиқилма меҳмондир танангда бу жон ҳам... Ўзбекистон кубогида нималар бўлмоқда?   10 17:50Расман: "Арсенал" ёш футболчиси билан шартномани узайтирди  0 17:35"Эшитдик-да"нинг инсайди тасдиқланди: Исмоилов "Нефтчи"да!  19 17:23"Футбол олами". Хайр, "Нефтчи". Хайр, ОКМК   2 17:05Суперлига. 14-тур дисквалификациялари: "Сўғдиёна", "Навбаҳор" ва "Сурхон"да йўқотишлар бор  1 16:42"Ницца" "Манчестер Сити" ҳимоячисини ижарага олди  0 16:20Расман: "Ливерпуль" ҳимоячи трансферини эълон қилди  7

Asror Aliqulov: "Qishki transferlarda darvozabon olish rejamiz bor edi. Ilyosovni esa qo'llab-quvvtlaymiz" Yangiliklar

Asror Aliqulov: "Qishki transferlarda darvozabon olish rejamiz bor edi. Ilyosovni esa qo'llab-quvvtlaymiz"

"Qizilqum" bosh murabbiyi Asror Aliqulov Superliganing uchinchi turi doirasida o'tkazilgan "Metallurg"ga qarshi uchrashuvdan so'ng fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Metallurg

SHahzodbek G'ofurbekov - 58'

Superliga. 3-tur

19/03/2023, 16:00

0
:
1
Tugadi

Qizilqum

45'
90'
22'  Xudoyshukur Sattorov
45'  Muhammadali Aliqulov
58'  SHahzodbek G'ofurbekov
58'  Bektemir Abdumannonov
73'  Marko Obradovich (Husniddin G’ofurov)
90'  Bektemir Abdumannonov (Asilbek Qayumov)
10'  Ifeanyi Ifeanyi
42'  Nikolay Tarasov
45'  Oybek Nurmatov (Oleg Tolmasov)
67'  Avazxon Mamatxo’jaev
68'  Alisher Sanayev (Sherali Jo’rayev)
71'  Islom Kenzhaboev
78'  ZHasur Xolto'raev (Viktor Mbaoma)
78'  Avazxon Mamatxo’jaev (Islom Toshpo'latov)

"Metallurg" muvaffaqiyatsiz startini hisobga olib, ilk daqiqalardan katta bosim bilan harakat qildi. G'alaba uchun oxirigacha kurashishini bilgan holda tayyorgarlik ko'rgandik. Rejamiz qarshi hujumda vaziyatlar yaratish edi, amalda shunday ham bo'ldi. Birinchi bo'limda yaratilgan imkoniyatlardan foydalana olganimiz yo'q. Qizil kartochka ko'p rejalarimizni buzib yubordi. Futbolchilar 10 kishi bo'lsada, qo'llarini tushirmay o'yinni saqlab qolishga harakat qilishdi",- deydi Asror Aliqulov. 

- Birinchi bo'limdagi qizil kartochka bo'yicha futbolchingiz bilan gaplashdingizmi? Etiroz bildirgani uchun chetlatildimi?

- VAR ko'rgan. Kiyinish xonasida ko'rganimda ikkita futbolchimizning ham oyoqlari qonab ketgandi. Butsaning tag qismi oyoq ustiga qo'yilgan bo'lishi mumkin. Futbolchi hakamga shuni ko'rsatmoqchi bo'lgan. U vaziyatda hakam haqorat qilganini, futbolchi bunday demaganini aytyapti. 

- Sizni yoshlarga imkoniyat beradigan murabbiy sifatida bilamiz. Bugun maydonga tushgan legionerlarning o'yinidan qoniqish hosil qildingizmi?

- Bugun ko'proq yakkakurashlar ko'p bo'ldi. "Metallurg" bosim uyushtirishga, fol evaziga qarshi hujumga o'tishimizga yo'l qo'ymayotgandi. O'yin boshidan sariq kartochkalar ko'payib ketganligi sababli futbolchilarga ehtiyotkorlikni buyurdik. Birinchi kontakdan Ifeani ogohlantirildi. O'yinni ko'rib tahlil qilamiz, xatolarni batafsil o'rganamiz. 

- "Qizilqum" bir kishi kam bo'lsada, "Metallurg"ga yaxshi bosim uyushtirdi. Jamoa keyingi turlarda ham shunday o'yinaydimi, raqib esa "Nasaf"...

- Navbatdagi ikki raqib juda kuchli va yuqori saviyali futbolchilarga ega. Bosim uyushtirish "Metallurg" futbolchilaridan kelib chiqib qilindi. Bugungi o'yinda ayrim futbolchilarga pressing qilish, teparoq o'yinash aytilgandi. Bu futbolchilarning o'sishi uchun ham kerak. 

- Islom Toshpo'latovning holati 90 daqiqa o'ynashga tayyor emasmi?

- Ko'p o'yinlarda to'psiz o'ynashga to'g'ri kelyapti. Islomda to'p bilan harakat qilishda muammo yo'q. Lekin himoyalanish tomonlama kamchiligi ko'p. Futbolchi to'psiz ham o'ynashni bilishi kerak. Qisqa vaqt ichida buni to'g'irlashi lozim. 

- Javohir Ilyosov so'nggi o'yinlarda ishonchsiz harakat qilmoqda. Xatolari evaziga jamoa mag'lub bo'lyapti...

- 10talik limit qiynab qo'ydi, desak ham bo'ladi. Darvozabon olish niyatida bo'ldik. Rahbariyat qaysidir tomonlama qo'llab-quvvatlaydi yoki aksincha.  So'nggi kungacha ish olib borildi. Roliklarni ko'rib olish xato bo'lishi mumkin edi. Keyingi o'yinlargacha xatolarini to'g'irlaydi, deb o'ylayman. Uni qo'llab-quvvatlashda davom etamiz. CHunki Javohir Ilyosov va Artyom Makosindan boshqa darvozabonimiz yo'q. Ikki darvozabonimiz transferlar oynasi ochilgunigacha asosiy posbonlarimiz bo'lishadi. 

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика