So’nggi yangiliklar

08:28УEФА “Интер“- “Барселона“ учрашувидаги ҳакамликка муносабат билдирди  2 08:05Европа лигаси. Маунт МЮ сафида илк дублини қайд этди, иккинчи голини эса майдон марказидан урди  0 07:59МЮни финалга олиб чиққан Аморим нималар деди?  0 07:30Суперлига. Бугун 9-тур бошланади. Андижонда “оловли“ ўйин кутмоқда  5 07:05Келаси мавсум бунақаси EЧЛда илк бор бўлади  10 02:46Антони "Бетис"ни Конференциялар лигаси финалига олиб чиқди, "Челси" ҳам финалда!  5 01:55Европа лигасида инглизча финал!  5 01:50Европа лигаси. "Манчестер Юнайтед" жавоб ўйинида ҳам "Атлетик"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди ва финалга йўл олди  30 00:50Футзал. Ўзбекистон Кубогида барча ярим финалчилар аниқ бўлди  0 00:28Григорий Колосовский: "Биринчи бўлимнинг ўзида 2-3та гол урсак бўларди"  0 23:43Неъматулла Қуттибоев: "Бугун ким биринчи бўлиб гол урса, ўша ғалаба қозонарди"  3 23:21Эрон Про лигаси. Захирадан тушган Ўрунов 90+1 дақиқада гол уриб, жамоасига ғалаба тақдим этди, Машарипов захирадан тушди, Юсупов тўлиқ ўйнади, Яхшибоев эса...  3 23:16Европа Конференциялар лигаси. Ярим финал жавоб баҳслари доирасидаги "Фиорентина" — "Бетис" ва "Челси" — "Юргорден" ўйинлари учун таркиблар маълум  1 23:13Европа лигаси. Ярим финал жавоб баҳслари доирасидаги "Буду-Глимт" — "Тоттенхэм" ва "Манчестер Юнайтед" — "Атлетик" ўйинлари учун таркиблар маълум  3 22:37Рэшфорд Ла Лига гранди сафига ўтиши мумкин?!  3

Asror Aliqulov “Dinamo”dan ketadimi? Yangiliklar

Asror Aliqulov “Dinamo”dan ketadimi?

Samarqandning “Dinamo” klubi birinchi davrani 13 ochko jamg'argan holda 11-o'rinda yakunladi. Ular so'ngi turda “Navbahor”ni qabul qilib 2:0 hisobida g'alaba qozondilar.
Tarkibda bir qator tajribali o'yinchilar bilan iqtidorli yoshlar ham bor. Ularga yo'l-yo'riq ko'rsatishda Asror Aliqulovdek ko'pni ko'rgan mahoratli futbolchilarning xizmati katta bo'lmoqda. Xabaringiz bor, u bunga qadar bir necha yil G'uzorning “SHo'rtan” klubida to'p surdi. Xatto bu yil mavsum boshida ushbu jamoa bilan tayyorgarlik ko'rib birinchi ligada ham ishtirok etishga yaqin turgandi. Ammo chempionat boshlanishiga oz fursat qolganida Ravshan Haydarov uni “Dinamo”ga taklif qildi. Aytish kerakki, bu orqali samarqandliklarning himoya chizig'i bir muncha mustahkamlandi. To'g'ri, hozircha qayd etilayotgan natijalarni unchalik qoniqarli deb aytishga asoslar etarli emas. SHunga qaramasdan Aliqulov har bir bellashuvda o'zini ko'rsatishga astoydil harakat qildi. Professional futbolchi bo'lganligi sababli doim o'z ishini sidqidildan bajarishga odatlangan. SHuning uchun uni mahalliy muxlislar ham yoqtiradilar.

Aliqulov “Dinamo”ning chinakam etakchilaridan biri. U maydonda jamoadoshlariga kerakli ko'rsatmalarni berib qo'llab-quvvatlab turadi. Aslida Asrorni “Dinamo”ga taklif etilishi bejiz emasdi. Haydarov uni yaxshi bilgani uchun o'z safida ko'rishni xohladi. Lekin birinchi davra yakunlangach jamoada yana o'zgarishlar bo'ladiganga o'xshab turibdi. Birinchi navbatda bosh murabbiy masalasi hal qilinishi lozim. CHunki Ravshan Haydarov yoshlar terma jamoasida ishlashi bois uning o'rnini kimdir egallashi kerak. Qolaversa, murabbiyning “Dinamo”dan ketishi ayrim futbolchilarga ham tasir ko'rsatishi hamda klubni tark etishi ham ehtimoldan holi emas. “Navbahor”ga qarshi o'yindan so'ng jamoa etakchisi – Asror Aliqulov bilan bog'langanimizda u ham ikkinchi davrani boshqa jamoada o'tkazishi mumkinligini shama qilib o'tdi.   

“Navbahor” bilan o'yin haqida
- Birinchi davraning oxirgi o'yini bo'lgani muxlislarimizni g'alaba bilan xursand qilmasak bo'lmasdi. SHu bois uchrashuvga har tomonlama puxta tayyorgarlik ko'rgandik. Ammo bellashuv biz uchun og'ir kechdi. “Navbahor” jamoasining oxirgi turlarda qayd etayotgan natijalaridan xabardor edik. Bizga qarshi uchrashuvda ular ko'proq qarshi hujumda to'p surishdi. Birinchi bo'limda ularda ham imkoniyat bo'lgan bo'lsa-da, gol urish jamoamizga nasib qildi. Ikkinchi bo'limda ham “Navbahor” kuchini asosan hujumga qaratdi. Lekin biz yana gol urdik. Kerakli vaziyatda muhim to'pni kiritib o'yinni 2:0 hisobida foydamizga hal qildik. Uchrashuvning oxirgi daqiqalarida esa hisobni ushlab qolishga harakat qildik. Kutilganidek o'yin qiziqarli va keskin kurashlarga boy bo'ldi. Muhimi, biz o'zimiz uchun kerakli bo'lgan uch ochkoni qo'lga kiritishga muvaffaq bo'ldik.

“Navbahor” jamoasi haqida

-   Namanganliklar jamoaviy o'yin ko'rsatishga, pas o'ynab hujumlar uyushtirishga harakat qildilar. Biz esa ularning qarshi hujumlarda keskin hujumlar sodir etishiga tayyor edik. Ko'p vaziyatlarda “Navbahor”ning qanday harakat qilishini bilgan holda shunga yarasha o'yin ko'rsatdik. Umuman aytganda, namanganliklar har qanday raqibga munosib qarshilik ko'rsata oladilar. O'ylaymanki, bu jamoa ikkinchi davrada ham ijobiy natijalarga erisha oladi. Ularda yaxshi murabbiy va yaxshi futbolchilar bor.  

Birinchi davra xususida
-   Ko'plab o'yinlarni yaxshi o'tkazgan bo'lsak-da, baribir natija biz uchun ijobiy bo'lmadi. Bir qator o'yinlarda ochko yo'qotdik. “Dinamo” ko'rsatgan o'yini uchun bunday o'ringa loyiq emasdi. Bemalol yuqori o'rinlardan biriga egallashi ham mumkin edi. Lekin ayrim uchrashuvlarda omad jamoamizdan yug o'girdi. Bizning maqsadimiz muxlislarimizga chiroyli o'yin ko'rsatib ularni g'alabalar bilan xursand qilish. Stadion to'la ishqibozlar qarshisida to'p surish har bir o'yinchi uchun maroqli tuyuladi. Biz ham minglab muxlislar ko'z o'ngida ajoyib o'yinlar ko'rsatib g'alabalar qozonishni istaymiz.   

Klubdagi muammo xususida
- Muammo har bir klubda bor. Menimcha muammosi bo'lmagan jamoaning o'zi bo'lmasa kerak. Lekin yuqorida takidlaganimdek, birinchi davradagi ayrim uchrashuvlarda kerakli natijalarga erisha olmadim. O'z maydonimizdagi o'yinlarda ustunlikka erishdik. “Mashal”, “Lokomotiv”, “Paxtakor” kabi jamoalarga qarshi bellashuvlarda oxirgi daqiqlarda to'p o'tkazib alamli tarzda mag'lubiyatlarga uchradik. Agar ushbu uchrashuvlarda omad bizga kulib boqqanida, hozir yanada teparoq o'rinlardan birini band etib turgan bo'lardik. SHunga qaramasdan, ikkinchi davrada o'z maydonimizdagi uchrashuvlarda ko'proq g'alabalar qozonsak imkoniyatlarimizni yanada oshirib olamiz.

Bosh murabbiyning istefosi to'g'risida
- Ravshan Akmalovichga O'zbekiston yoshlar terma jamoasini boshqarishni taklif qilishdi. Nazarimda, har bir mutaxassis terma jamoada faoliyat ko'rsatishni istaydi. Bu borada Haydarov uchun ham yaxshi imkoniyat paydo bo'ldi. “Dinamo”ga yangi murabbiy olib kelinsa u qanday uslubda harakat qilishi biz uchun nomalum. Aslida mavsum jamoamiz uchun qiyin o'tishi oldindan malum edi. SHu bois “Navbahor”ga qarshi o'yinimiz ham oson o'tmasdi. Bu uchrashuvga oldindan yaxshi tayyorgarlik ko'rganimiz uchun ijobiy natijaga erishdik. Ikinchi davra arafasida klubda qanaqa o'zgarishlar bo'lishi haqida hozirdan bir nima ayta olmayman, chunki bu boradagi vaziyat menga qorong'u. Nima bo'lgan taqdirda ham Ravshan Akmalovichning keyingi faoliyatiga omad tilayman.

Klubdagi taqdiri xususida
- Ochig'ini aytadigan bo'lsam, klubdagi ahvolni unchalik yaxshi deb ayta olmayman. Hozir barchamiz tatilga chiqdik. SHu payt davomida barchasini yaxshilab o'ylab ko'raman. Rostini aytsam, bu erda moliyaviy tomondan muammolar borligi sababli klubda qolishim aniq emas. Balki ikkinchi davrani boshqa jamoada o'tkazishim ham mumkin. Bu borada menga takliflar bo'lyapti. O'ylaymanki, yaqin orada barcha masalaga oydinlik kiritib olamiz. “Dinamo”da vaziyat ijobiy tomonga o'zgarishini kutaman. Aks holda...


FIRDAVSXON
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика