So’nggi yangiliklar

02:11Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Иттиҳод" ўз майдонида рақобатчисини мағлуб этди  0 00:26АПЛ. "Арсенал" 5 та гол урилган ўйинда меҳмонда "Борнмут"ни мағлуб этди, Райсдан дубль!  11 00:09"Эспаньол" — "Барселона". Таркиблар маълум  8 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  4 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  2 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  2 22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  6 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  3 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан хайрлашди  0 21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  2 21:02"L’Equipe" йил рамзий термасини эълон қилди  1 20:46"Пахтакор"нинг Туркиядаги илк йиғинидаги рақиблари маълум қилинди  0 20:23"Астон Вилла" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  0 20:04"Навбаҳор"ни 9 футболчи тарк этди  10 19:43Шотландия чемпионатида энг катта учрашув ўтказилди  4

Asror Aliqulov: “Derbi kurashlarga boy o'tishi kutilgandi” Yangiliklar

Asror Aliqulov: “Derbi kurashlarga boy o'tishi kutilgandi”

Pro-liganing 18-turidan o'rin olgan “Mashal” - “SHo'rtan” (3:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Asror Aliqulov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Derbi kurashlarga boy o'tishi kutilgandi. Futbolchilar o'yinni yaxshi boshlashdi. Yaxshi bosimlar qila oldik. Mehmonlar taktik uslublarini o'zgartirib borishdi. Biz vaziyatlardan yaxshi chiqib keta oldik. Kerak vaziyatlarda yaxshi himoyalandik. Jamoamiz azolari va muxlislarni g'alaba bilan tabriklayman.

- Bugun VAR tizimi ishlashi avvalgi o'yindagi bahsi holatlar tufaylimi? Klub bu borada tashabbus bilan chiqdimi?

- Yo'q, bu bizning tashabbus edi desak ham juda to'g'ri bo'lmaydi. Halol o'yin, haqqoniy futbol. SHuni anglagan holda klubimiz rahbariyati VAR tizimini taklif etdi. Harajatlari ham klubimiz tomonidan qoplab berildi. Ko'p qo'polliklar bo'lmadi, agressiv futbol bo'lmadi.

- Demak, VAR tizimi ishlagan o'yinda maydon egasi harajatlarni to'lab beradimi?

- Bilishimcha shunday. 

- Asror aka, g'alabalar bardavom bo'lishi uchun “Mashal”ga nimalar zarur deb o'ylaysiz?

- Kuchli futbolchilar kerak. Bazi holatlarda tajriba ham etishmayapti. Oddiy holatlarda xatoliklarga yo'l qo'yyapmiz. Bazi futbolchilarda Pro-liga darajasidagi o'yin amaliyoti etishmaydi. Markaziy himoyada ko'p jamoalarda legioner xizmatidan foydalanishadi.

- “Mashal” Superligaga yo'l olsa, moddiy jihatdan, infratuzilma va tarkib jihatdan yuqori ligaga tayyor bo'la oladimi?

- Rahbariyat va homiylar moddiy jihatdan jamoani to'liq taminlab bera olishayapti. Bu borada muammo yo'q. Infratuzilma bo'yicha ishlar davom etayapti. Tarkib jihatdan o'sishimiz kerak. Hozir ko'rayapsiz, Superligada ochko olish juda qiyin.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика