So’nggi yangiliklar

02:15Африка Миллатлар Кубоги. Кот-д'Ивуар Буркина-Фасони йирик ҳисобда таслим этиб, чорак финалга йўл олди  3 00:58Гвардиола Аморимнинг истеъфосига муносабат билдирди  0 00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0 00:37U-23 Осиё кубоги. Четлатиш, голга айланмаган пенальти, охирги дақиқалардаги гол – Саудия Арабистони Қирғизистонни катта қийинчилик билан таслим этди  0 00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0 23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  1 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  15 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  1 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  8 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  1 21:00"Реал" 70 млн евролик хавбекка кўз тикди  1 20:37Ҳумоюнмирзо Иминов: "Мен рақобатга тайёрман"  2 20:15Гвардиола "Манчестер Сити" ҳимоячиларининг жароҳатлари билан боғлиқ вазиятни изоҳлади  10

Asror Aliqulov: "Bugungi o'yinda asosan tezkorlik va jarayonning borishiga qarab qarshi hujumni maqsad qilgandik" Yangiliklar

Asror Aliqulov: "Bugungi o'yinda asosan tezkorlik va jarayonning borishiga qarab qarshi hujumni maqsad qilgandik"

Pro-liganing 17-turidan o'rin olgan "Olimpik-MobiUz” - “Mashal" (0:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Asror Aliqulov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Mezbonlarning o'yin uslubini o'rganib chiqqandik. SHunga mos ravishda tayyorgarlik ko'rdik. Bugungi o'yinda asosan tezkorlik va jarayonning borishiga qarab qarshi hujumdan ham foydalanishni maqsad qilgandik. Birinchi bo'limda ham vaziyatlarimiz bo'ldi, foydalana olmadik. Ikkinchi bo'limda yigitlar faollikni oshirishdi, gol ham urdik. Biroq, uchrashuvning so'ngi qismida himoyaviy futbol ko'rsatdik, chunki mezbonlarning o'yini bizni shunga majbur etdi. G'alaba bilan jamoamiz azolari va muxlislarni tabriklayman. Kichik hisobda bo'lsa ham g'alaba qozonishni uddalay oldik.

- Zaxiradan o'yinga qo'shilgan futbolchilar o'zlarini unchalik ham ko'rsata olishmadi. Bunga nima sabab bo'ldi deb o'ylaysiz?

- Ular chigalyozdi mashg'ulotlarni yaxshi amalga oshirmagan bo'lishlari mumkin. SHuningdek, o'yinning borishiga bir oz etiborsizlik bilan qarashdi.

- G'alaba qozonayotgan bo'lsangiz ham o'yinni asabiy tarzda kuzatib bordingiz. Bunga qanday izox berasiz?

- Mezbonlar tajovuzkor futbol namoyish etishadi, bitta xatodan unumli foydalanib ketishlari mumkin. Yillar davomida mashg'ulotlarda ishlaysiz, lekin futbolchilar oddiy vaziyatlarda ham xatoliklarga yo'l qo'ysa, bu albatta asabiylashtiradi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика