Asror Aliqulov ayni paytda O'zbekistondagi eng kuchli himoyachi kimligini aytdi
19 jan 2020 16:36
Yangiliklar
Asror Aliqulov ayni paytda O'zbekistondagi eng kuchli himoyachi kimligini aytdi
U Muborak tumani klubini Superligaga qaytardi. 41 yoshli sobiq himoyachi ayni paytdagi eng kuchli himoyachi kim ekanligini aytib o'tdi.
- Faoliyatingiz davomida siz tan olgan eng yaxshi himoyachi kim?
- Andrey Fyodorovni jonbozligi va sifatli, aqlli futbol namoyish etgani uchun ham tan olaman. U men bilgan eng mahoratli himoyachilardan biri. Fyodorov hech qachon to'pni ko'r-ko'rona tepib yuborishni yoqlamagan. Bugungi kunni yosh himoyachilari undan ko'p narsalarni o'rgansa arziydi. U bilan bir davrda birga to'p teganimdan faxrlanaman.
- Bugungi kunda O'zbekistondagi eng yaxshi markaziy himoyachi deb kimni ayta olasiz?
- Egor Krimec. U oxirgi ikki yilda ancha o'sishga erishdi. Egor bazi yarim himoyachilardan ham yaxshiroq deb uylayman. Markazdan qiladigan yurishlari, foydali va aniq uzatmalari himoyachilarimizga o'rnak bo'ladigan darajada. Uni eng yaxshi markaziy himoyachi sifatida ko'rsata olaman.
Namoz CHoriev yozib oldi
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar