So’nggi yangiliklar

20:20Неймар қиз фарзандли бўлди, Роналду яхтада Жоржина билан сайрга чиқди. Футбол юлдузлари ҳафтани қандай ўтказди?  0 19:55Тебас "Реал"нинг Ла Лигадаги биринчи ўйинини кўчирилмаслигини айтди  3 19:24"Ювентус" футболчиси Дуглас Луис фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  0 18:59"Арсенал" "Барселона" ярим ҳимоячиси учун курашга қўшилди  4 18:52"Навбаҳор", "Динамо", "Бухоро"га жарима ва яна кўплаб қарорлар – Тартиб-интизом қўмитасининг навбатдаги йиғилиши тафсилотлари  7 18:29Эшитдик-да! Жамшид "Нефтчи"дан "Навбаҳор"га қайтмоқда  15 18:15"Арсенал" мухлислари Мадуэке трансферига қарши чиқишмоқда  3 17:46Абрамов, Алибоев, Неъматов ва Сергеев — Суперлигада 1-давранинг энг яхшилари  2 17:20Месси "Барселона" учун хайрлашув учрашувини янгиланган "Камп Ноу"да ўтказади  6 16:52Пенальтилар статистикаси: Биринчи даврада ким кўп пенальти тепди ёки умуман нуқтага ҳам яқинлашмади?  0 16:24Пулишич Саудия Арабистонига йўл олиши мумкин  3 15:57Ресан, Ратиньо, Цигер... Суперлиганинг 1-давра легионерлар рамзий терма жамоаси  4 15:42"Байер" ақшлик футболчини 35 млн еврога харид қилди  0 15:17Расман: Пиоли янги жамоасини қабул қилиб олди  0 14:29Сергеев, Дориев, Мозговой... Суперлиганинг 1-давра рамзий терма жамоаси  8

Asror Aliqulov: "Aral Samali" bo'ydor hujumchilar evaziga g'alaba qozondi" Yangiliklar

Asror Aliqulov: "Aral Samali" bo'ydor hujumchilar evaziga g'alaba qozondi"

Pro liganing 1-turidan o'rin olgan "Aral Samali" - "SHo'rtan" (3:1) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Asror Aliqulov o'z fikrlarini bildirdi.





"Qoraqalpoq millatiga, Nukus shahriga bizni iliq kutib olishgani uchun minnatdorchilik bildiramiz. "Aral" klubining Pro ligadagi ilk g'alabasi bilan tabriklayman. O'yin shiddatli bo'ldi. Raqib safida bo'ydor futbolchilar ko'p, ikkinchi qavatda ularda yaxshi imkoniyatlar bo'ldi. Bugungi mag'lubiyatga himoyachilarimizning ishonchli o'yin namoyish eta olmagani sabab bo'ldi deb o'ylayman. Bugungi mag'lubiyat o'zimizning xatolardan keyin kelib chiqdi", - deydi Asror Aliqulov.

- "Aral Samali" haqida qanday fikrdasiz?
- Agar "Aral" keyingi o'yinlarda ham shunday o'ynasa boshqa klublar bilan bahslarda ancha qiynaladi. Sababi boshqa jamoalarda tajribali va bo'ydor himoyachilar ko'p. SHunday ekan keyingi o'yinlarda "Aral" raqiblarga qarab taktikani o'zgartirib borsa kerak.

- O'yin suniy maydonda o'tdi...
- Uchrashuv suniy maydonda bo'lishini bilardik. Futbolchilarimizga maysa biroz uzunligini uqtirgandik, to'pning harakatini bir-ikkita vaziyatdan keyin bilib olsa bo'lardi. Ammo bizning futbolchilarning ko'pi juda yosh va tajriba etishmadi.

- Raqib safidagi qaysi futbolchini ajratib ko'rsata olasiz?

- Navro'zbek Alimov va Azamat Allaniyazovni juda yaxshi taniyman. Ular himoyachilarimizga tinchlik berishmadi. Ikkala bo'ydor hujumchini alohida ajratib ko'rsata olaman. "Aral" ortga qaytmaydigan oxirigacha kurashishini futbolchilarimizga uqtirgandik.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика