Asqaraliev, Yo'ldoshev va Sultonov "Xotira-79"da!
22 mar 2014 16:20
Yangiliklar

Asqaraliev, Yo'ldoshev va Sultonov "Xotira-79"da!
Namangan viloyati Uychi tumani jamoasi "Xotira-79" o'z tarkibini bir qator tajribali o'yinchilar bilan kuchaytirmoqda.
Bu yil birinchi ligada o'zining ikkinchi mavsumini o'tkazadigan jamoa mavsumga puxta tayyorgarlik ko'rgan holda, tarkibni ham shunga monand kuchaytirishga erishdi. Jumladan mahoratli yarim himoyachi Sanjar Asqaraliev, qanot himoyachisi Bahrom Yo'ldoshev shuningdek hujumkor futbolchi Abdulaziz Sultonov ayni damda Uychi tumani jamoasi mashg'ulotlarida ishtirok etmoqda.
Bosh murabbiy Usmon Asqaraliev bu o'yinchilarning imkoniyatlarini yaxshi biladi va shu bois ular orqali jamoadagi raqobatni kuchaytirishni rejalashtirgan. Jamoa boshlig'i Ilhom Otavalievning aytishicha yuqorida nomlari keltirib o'tilgan yangi futbolchilar bilan klub o'rtasida shartnoma imzolanib bo'lingan. SHu bois ular yangi mavsumda "Xotira-79" sharafini himoya qiladigan bo'ldi.

Fikrlar