So’nggi yangiliklar

16:19"Динамо" Маҳмуд Маҳамаджонов билан хайрлашди  0 15:59Слот "Ливерпул"да икки позицияни кучайтирмоқчи  1 15:35​Ўзбекистон МТЖ Қатарда йиғин ўтказади  0 15:18Равшан Эрматов: "Ўзбекистон март ойида КОНМЕБОЛ, КОНКАКАФ ва Африка жамоалари билан ўйнайди"  3 14:55Элит ОЧЛ. Мавсумнинг охирги ўйини қандай тугайди?  1 14:38Озарбайжон клуби "Машъал" футболчисига қизиқмоқда  0 14:21Ўзбекистон Канада билан ўйнайди  9 13:57"Милан" Австралияда ўйин ўтказмайди. Сабаби ошкор бўлди  1 13:30Қувондиқ Рўзиев: "Навбаҳор" мухлислари олдидаги қарзимни узишга ҳаракат қиламан"  5 13:14"Ал Иттиҳод" – "Насаф" беллашуви кореялик ҳакамларга топширилди  1 12:46"Аҳил бўлмасак, бир натижага эришиш қийин. Биргаликда вазифани уддалаймиз" — Тимур Кападзе  4 12:19Эмери "Астон Вилла"нинг тарихий сериясидан сўнг: "Биз чемпионликка даъвогар эмасмиз"  1 11:51"Менга фарқи йўқ": Рафинья ФИФА қарорига хотиржам муносабат билдирди  6 11:24Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Доҳага етиб борди  0 10:46“Ал-Аҳли” - “Андижон” ўйинини ироқлик ҳакамлар бошқаришади  2

Asqar Umarov: "Raqibni jiddiy o'rgangandik" Yangiliklar

Asqar Umarov: "Raqibni jiddiy o'rgangandik"

Teglar :  ZominAsqar Umarov
Kecha O'zbekiston Birinchiligining yangi mavsumiga start berildi. Safarda "Yozyovon-Lochinlari" mehmoni bo'lgan "Zomin" mehmondan g'alaba bilan qaytdi - 1:3.

O'yindan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Asqar Umarovning fikrlari bilan qiziqdik.

- Aytish kerak, uchrashuvga ko'ngildagidek tayyorgarlik ko'rgandik. Klubimiz rahbarlari bellashuvga munosib tayyorgarlik ko'rishimiz uchun bizga barcha sharoitlarni yaratib berdi. Farg'onaga o'yindan ikki kun avval etib kelgandik. Natijasini ko'rib turibsiz. G'alabada jismoniy holatimiz yaxshi ekanligi ham muhim o'rin tutdi. Asosiysi, futbolchilar maydonga tushganidan keyin biz bergan ko'rsatmalarni to'liq bajarishdi.

Umumiy manoda o'yin yaxshi o'tdi. Yozyovonga g'alaba uchun kelgandik. CHunki raqibni etarlicha o'rgangandik. Kamchiliklarini bilardik. Yakunda maqsadimizga erishdik. Qolaversa, kechagi o'yinda ob-havo ham futbol o'ynashga qulay bo'ldi.

Kelasi turda "Cementchi"ga qarshi maydonga chiqamiz. Albatta, raqib kuchli. Ular birinchi turda "Dinamo"ni mag'lub etishdi, ammo biz ham maydonga shunchaki chiqmaymiz. Faqat g'alaba uchun harakat qilamiz. Quvasoydagi o'yinda ham jamoam uch ochkoni qo'lga kiritishini kutyapman.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика