Asqar Umarov: “Kosonsoy” bilan uchrashuvga barcha o'yinchilar maksimal tayyor holatda”
04 iyu 2016 12:31
Yangiliklar
Asqar Umarov: “Kosonsoy” bilan uchrashuvga barcha o'yinchilar maksimal tayyor holatda”
O'zbekiston Birinchiligi birinchi bosqich 13-tur uchrashuvlaridan o'rin olgan “Zomin” - “Kosonsoy” uchrashuvidan oldin mezmonlar ustozining o'yin haqida fikri bilan qiziqdik.
- “Biz bu uchrashuvga jiddiy tayyorlanmoqdamiz. Oldingi turda o'z uyimizda mag'lubiyatga uchrab muxlislarimizni biroz xafa qilgan edik. Lekin “Kosonsoy” ustidan g'alaba qozonib muxlislarni xursand qilamiz. “Dinamo” bilan uchrashuvda jamoamiz tarkibida bir nechta yo'qotishlar bor edi. Islombek Biyto'raev jarohati tufayli, asosiy ximoyachilar Sirojiddin Allaevda qizil kartochkasi va Ubaydullo Nabiev esa “Universiyada-2016”dagi ishtiroki tufayli uchrashuvni o'tkazib yuborgan edi. Endi ular jamoa qaytishdi. Bu uchrashuvga hamma o'yinchilar maksimal tayyor holatda. O'ylaymanki bu uchrashuvda jamoa bilan birgalikda g'alaba qozonib muxlislarni xursand qilamiz”, - dedi murabbiy.
Akmal Raxmatullaev suhbatlashdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar