So’nggi yangiliklar

01:53Суперлига. "Насаф" - ОКМК 2:1  0 01:48Мактомини ва Лукаку "Наполи"ни чемпионга айлантирди!  20 01:29Озарбайжон. "Сумқайит" мавсумни йирик ғалаба билан якунлади, Абдихолиқовдан ассист  0 01:16"Бавария" "Брайтон" ва "Милан" юлдузларига кўз тиккан  0 00:43"Sky Sports" АПЛда мавсумнинг энг яхшиларини аниқлади  4 00:21Миржалол Қосимов: "Ютсак ҳаммамиз зўрмиз, ютқазсак барчамиз айбдормиз"  2 23:52Максим Шацких: "Суперкубок финалига яхши кайфиятда борадиган бўлдик. Танаффусда ўйинни ўзгартириб юборишга келишиб олдик, акс ҳолда "Ультрас" бизни кечирмас эди"  4 23:32Рўзиқул Бердиев: "Шуҳрат Муҳаммадиев 36 ёшида ёш футболчилардан ҳам тез югуради"  0 22:39Февзи Давлетов: "Дуранг бўлиши мумкин эди, аммо мағлубият эмас"  3 22:26Суперлига. "Андижон" - "Сурхон" 2:1. Мезбонлардан супер голлар!  2 22:15Месси ва "Интер Майами" музокараларни давом эттирмоқда  1 21:59Суперлига. "Насаф" тур марказий баҳсида ОКМКни ютиб, жадвалдаги етакчиликни тортиб олди  100 21:23Аморим жамоага тезкор футболчиларни олиб келмоқчи  1 20:54Суперлига. "Андижон" "Бобур Арена"да "Сурхон"ни енгиб ғалабасиз сериясига барҳам берди  53 20:19"Реал" Модричга ўринбосар топди  3

Asqar Umarov: "Dinamo" birinchi liganing eng kuchli jamoasi" Yangiliklar

Asqar Umarov: "Dinamo" birinchi liganing eng kuchli jamoasi"

Teglar :  Asqar Umarov
Dinamo - Zomin (3:0) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Asqar Umarov o'yin borasida to'xtalib o'tdi.

Samarqanddan ochko bilan qaytishni istagandik. Ammo, ko'rdingiz Dinamo jamoasi tajriba va o'yin borasida bizdan ustunlik qildi - deya gap boshladi Zomin bosh murabbiyi Asqar Umarov. O'z xatolarimiz tufayli gollar o'tkazib yubordik. Himoyada ham yanada etiborliroq to'p surishimiz kerak edi. CHunki raqib bunday xatolarni kechirmasligi aniq edi. Dinamo jamoasining o'yini ancha shakllangan. Ular hozirda chempionat peshqadami, eng kuchli jamoasi bo'lib turishibdi. Birinchi davrada Zominda o'tgan o'yinda ular 2-3 ta hujumdan 0:2 hisobida zafar quchib ketishgandi. Bugun esa Dinamo jismoniy jihatdan ham ancha yaxshi holatga kelgan. Birinchi davradagi jamoa va hozirgi jamoa o'yinida ijobiy farq katta.

Zomin oldida chempionatdan oldin kuchli to'rtlikdan joy olish vazifasi qo'yilgandi. Ammo birinchi davradagi ayrim muammolar, jumladan maydon muammosi tufayli qiyinchiliklarga duch keldik. Ikkinchi davrada esa jamoaga imkonqadar barcha sharoitlar yaratib berilyapti. Zomindagi o'z maydonimizda mashg'ulot o'tab, uy uchrashuvlarimizni o'tkazayapmiz. Umid qilamanki, buyog'iga natijalarni yaxshilab, muxlislarimizni xursand eta olamiz - deya fikrini yakunladi Zomin bosh murabbiyi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика