So’nggi yangiliklar

12:20​38 ёшли Давид Луис "Пафос" футболчисига айланди  0 11:57Эржан Токотаев: "Биринчи ўйинимда гол ўтказмаганимдан мамнунман"  2 11:35Тимур Кападзе: "Ўзбекистоннинг мақсади – тарих яратишни давом эттириш. Ўртоқлик ўйинларида янги футболчиларни синаб кўрамиз"  3 11:14Суперлига 17-тур баҳсларига ҳакамлар тайинланди  5 10:38Февзи Давлетов: "Қизилқум" икки тайм давомида позицион ҳимояланди"  1 10:10Сон Хён Миннинг янги жамоаси маълум  1 09:39Саудия Арабистони терма жамоаси аъзоси Франция клубига ўтди  1 09:08"Бавария" футболчиси фаолиятини АПЛда давом эттиради  1 08:50Ўртоқлик учрашувлари. Сон Хён Мин "Тоттенхем" мухлислари билан хайрлашди, "Аякс" "Монако" билан дуранг ўйнади, "Порту" эса "Атлетико" устидан ғалаба қозонди  0 08:37"Ал Насср" "Манчестер Сити" футболчисига таклиф билан чиқмоқчи  0 08:06"Реал" футболчисини Бразилия клубига текинга қўйиб юбормоқда  0 07:35МЮ АҚШдаги кичик турнирда ғалаба қозонди  1 07:15"Андижон" ва "Хоразм" учтадан гол уриб ғалаба қозонишди, "Сурхон" — "Қизилқум" баҳсида эса голсиз дуранг қайд этилди  0 01:11Акмал Рустамов: "Агар вазиятларимиздан фойдаланганимизда бугун уч очкони олиб кетардик"  2 00:17Инзаги Нуньесни "Ал Ҳилол"да кўрмоқчи. "Ливерпуль" ҳужумчига музокара ўтказишга рухсат берди  1

Asqar Tolibjonov: “Rejada Qatardan tashqari o'yinlar ham bor” Yangiliklar

Asqar Tolibjonov: “Rejada Qatardan tashqari o'yinlar ham bor”

Bugun saytimizda shu yilning 6 oktyabr kuni O'zbekiston milliy terma jamoasining Doxada Qatar termasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishi haqida xabar chiqdi.
FIFA rasmiy saytida bu haqda xabar berilmagan bo'lsa ham, taqvimda shu o'yin bo'lib o'tishi yozib qo'yilgan. Xo'sh, chindan ham vakillarimiz Qatar bilan nazorat bahsi o'tkazishadimi? Bu savolga javob topish maqsadida Terma jamoalar markazi direktori Asqar Tolibjonovga murojaat qildik.

-   CHindan ham 6 oktyabr kuni Qatar va O'zbekiston milliy terma jamoalari o'rtasida o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazish ko'zda tutilgan, - deydi Asqar Imomjonovich. - Lekin bu o'yin aniq bo'ladi deb aytolmayman. CHunki o'zingiz bilasiz, arablardan har narsa kutish mumkin. Ular to'satdan o'ynamaymiz yoki falonchi kuni o'ynaymiz deb turib olishlari hech gap emas. Lekin biz nazorat bahsini o'tkazish borasida harakatlarni olib boryapmiz. Bu borada barchasi rasman hal bo'lgach, albatta sizlarga malum qilamiz.
 
-   Bu o'yindan tashqari yana qanday o'rtoqlik bahslari ko'zda tutilgan?

-   Rejaga ko'ra mayda bitta, sentyabr va oktyabr oylarida ikkitadan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazmoqchimiz. Bir qator davlatlarga bu borada taklif yuborganmiz va hozir shularni o'rganib chiqish bilan bandmiz. Faqat rasman shartnoma tuzilmagani bois raqib jamoalar nomini oshkor qila olmayman.

-   Terma jamoamiz bu yil hisobidan Toshkentda o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadimi?

-   Ha. May oyida o'yin tashkil qilishni mo'ljallab turibmiz.
 
-   Agar sir bo'lmasa, kim bilan o'ynaymiz?
-   Aytganimdek, rasmiy shartnoma imzolanmaguncha raqib jamoa nomini malum qila olmayman. Hatto uchrashuv sanasini ham aytolmayman. Ertaga murabbiylar yig'ilishi bo'ladi. SHundan keyin bunga oydinlik kiritishim mumkin.
 
Xayrulla Xoliqov suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика