Asqar Tolibjonov bilan dildan suhbat (1 aprel hazili)
01 apr 2014 16:34
Yangiliklar

Asqar Tolibjonov bilan dildan suhbat (1 aprel hazili)
Saytimizning yangi muxbiri No'monjon Sobirov juda chaqqon chiqib qoldi.
Endi 20 yoshni qarshi olgan bo'lishiga qaramay, xuddi kattalardaek fikrlab, ko'proq kattalardan intervyu olishni maqul ko'ryapti.
Boya ishxonamizga halloslab kirib kelgan No'monjon “Akalar, Farhod aka bilan suhbat qilib bo'lganimdan so'ng ish bilan Terma jamoalar markaziga borgandim, kutilmaganda markaz rahbari Asqar Tolibjonovni ko'rib qoldim. U kishining ozgina vaqti bor ekan, shartta intervyu olib qo'ya qoldim”. Keyin kompyuter oldiga o'tirdi-yu, intervyuni yozishga kirishdi. Natijada quyidagi suhbat namoyon bo'ldi.
- Asqar aka, yaxshimisiz? Ishlar bilan charchamayapsizmi?
- Ukam, yaxshiman rahmat. Mana terma jamoamiz kuchlilar bilan o'ynasin deb tinmay yugurib yuribmiz.
- Aytgancha, may oyida ikkita o'rtoqlik o'yinimiz bor ekan. Toshkentda Ummon termasi jamoasiga qarshi. SHu rostmi?
- Bu gapni qayoqdan oldingiz?
- Kecha internetda chiqdi.
- SHu internetga ham har baloni yozaverishadi. “Tvitter”, “Feysbuk” kabilar paydo bo'ldi-yu, tinchgina ishlab bo'lmay qoldi. Ha, biz Ummonga rasmiy taklif yuborganmiz, lekin hali javob kelgani yo'q. Arablarni bilasiz-u, ham aytadi, ham qaytadi. Sizga bir sirni ochaymi?
- Mayli, yaxshi bo'lardi.
- U kuni do'ppini bir chetga qo'yib bosh qotirib ko'rsam, o'zbek futbolining shuncha yillik tarixida Argentina bilan hech o'ynamagan ekanmiz. Xitoy, Koreyalar bilan o'ynayverib juda zerikdik.
- Ha. to'g'ri.
- SHunda o'zimga o'zim kel, shu Argentina bilan ikki marta o'ynay qolaylik dedim. Bittasi Toshkentda bo'ladi, bittasi Montevideoda. Xullas...
- Uzr, Asqar aka gapingizni bo'laman. Nega aynan Montevideo? Axir bu shahar Urugvayning poytaxti-ku! Argentina poytaxti esa Buenos-Ayres.
- E, uka nima farqi bor? O'yin bo'lsa bo'ldi-da! Iordaniyadan o'tganimizda Urugvay bilan Montevideoda o'ynardik, to'g'rimi? SHunga xayol ketib qolibdi.
- Ha, tushundim. Nima deb o'ylaysiz, Argentina – kuchli raqib, ular biz bilan o'ynashga ko'narmikan?
- Aytsam ishonmaysiz, boyagina faksdan ularga xat yubordik. Xatga Messi kelmaydigan bo'lsa, biz ham ko'nmaymiz degan joyini qistirib o'tdim. Hatto bir yili qishda Messining Toshkentga kelib CHig'atoyda yugurganini ham qo'shib qo'ydim. Biz ham futboldan uzoq yurganimiz yo'q, Messini yonidan ko'rganmiz.
- Faraz qilyapman Asqar aka, agar Messi keladigan bo'lsa, Toshkentda rosa anshlag bo'ladi. Keyin ularda Aguero, Maskerano, Iguain degan o'yinchilar ham bor.
- Endi uka, men ularni tanimayman. SHu Messini ko'rganman, xolos.
- Argentina kelsa, chipta narxiyam shunga yarasha bo'lsa kerak?
- Albatta. Har holda oliy liga o'yinlaridagi narx bo'lmasligi aniq. Biz buni marketing bo'limi bilan ko'rib chiqamiz. Keyin shunga qarab narx belgilaymiz.
- Mabodo chiptalar yana qo'lga chiqib ketmasmikin?
- Men tushunmayapman, siz jurnalistmi yo tergovchimi? Mayli, uka, shundoq ham ko'p vaqtimni oldingiz. Ishlarim nihoyatda ko'p. Hozir borib Ozarboyjon futbol federaciyasiga ham o'rtoqlik uchrashuvi borasida xat yuborishim kerak. Argentina kelmasa, ularni chaqiramiz.
- Asqar aka, qimmatli vaqtingizni ayamay, intervyu berganingiz uchun rahmat.
- Xo'p, xayr.
No'monjon Sobirov

Fikrlar