Asprilya: "Ronaldu Xamesga ko'proq jarima zarbalarini berishi kerak"
17 iyu 2015 18:14
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/175689_original.jpg)
![](/upload/storage/175689_220.jpg)
Asprilya: "Ronaldu Xamesga ko'proq jarima zarbalarini berishi kerak"
Kolumbiya terma jamoasining sobiq hujumchisi Faustino Asprilyaning fikricha, "Real" yarim himoyachisi Xames Rodriges tez-tez jarima zarbalarini amalga oshirib turishi kerak.
"Men Ronaldudan Xames ko'proq jarima to'plarini tepishini so'ragan bo'lar edim. Ammo bir mavsumda 50-60ta gol uradigan futbolchiga bir narsa deyish qiyin. Ammo Ronaldu uchun emas, Xamesga mo'ljallangan jarima zarbalari ham bo'ladi. Bazida Krishitianu bir chetda turishi lozim. Agar jarima zarbalarini hisobga oladigan bo'lsak, Ronaldu va Messi kam gol uradi. Men o'ynagan vaqtlarda, "Parma" futbolchisi Zola deyarli har bir o'yinda jarimadan gol urar edi" - deydi Asprilya.
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar