Aspilikueta: "CHelsi" oltinchi o'rinda ekanligiga ko'nika olmayapman"
19 mar 2019 13:55
Yangiliklar


Aspilikueta: "CHelsi" oltinchi o'rinda ekanligiga ko'nika olmayapman"
"CHelsi" sardori Sesar Aspilikueta jamoaning joriy mavsumdagi o'yini haqida fikr bildirdi.
"Everton"ga qarshi bahsda ochkosiz qoldik. Har safar 3 ochko ololmasak, o'zimizni yanada qiyin vaziyatga tushirib qo'yamiz. Ha, hali ko'p o'yinlarni o'tkazishimiz lozim va kurashish niyatidamiz, chunki CHempionlar ligasidan chetda qolishni istamaymiz.
Evropa ligasini CHempionlar ligasiga chiqishning yagona yo'li deb hisoblamayman. "CHelsi" 6-o'ringa loyiq emas, bunga ko'nika olmayapman. Evropa ligasida oxirigacha kurashamiz, ammo hali chempionatda kuchli to'rtlikka kirishimiz mumkin.
Agar so'nggi ikkita uchrashuvda g'alaba qozonganimizda terma jamoalar tanaffusidan oldin uchinchi o'rinda bo'lardik" - deydi Aspilikueta.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar