Asosiy faoliyatini ijarada o'tkazayotgan "Liverpul" forvardi bu mavsum ham klubda qolmaydi
06 avg 2019 23:35
Yangiliklar


Asosiy faoliyatini ijarada o'tkazayotgan "Liverpul" forvardi bu mavsum ham klubda qolmaydi
Liverpulning nigeriyalik forvardi Tayvo Avoni yangi mavsumni ham boshqa klubda o'tkazadi.
21 yoshli hujumchi mavsum oxiriga qadar «Maync»da ijara asosida harakat qiladi.
Mersisaydliklar mazkur futbolchi bilan 2015 yilda shartnoma imzolagan bo'lib, u asosiy faoliyatini ijara asosida boshqa jamoalarda o'tkazmoqda. Jumladan, Avoni «Frankfurt», NEK, «Muskron-Peryuvelz» hamda «Gent» klublarida harakat qilgan.
O'tgan mavsum, Tayvo Avoni Belgiya chempionatining 38 bahsida qatnashib, 14+3 ko'rsatkichni qayd etdi.
Aytish joizki, Avoni Nigeriya yoshlar terma jamoasi bilan jahon chempionligini qo'lga kiritib, qita birinchiligida zafar quchgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar