So’nggi yangiliklar

00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  3 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  3 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  4 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  12 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  8 22:44Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ легионери терма жамоа ихтиёрини вақтинчалик тарк этди  18 22:22Ўртоқлик ўйини. Бразилиялик футболчини кўрикдан ўтказаётган "Динамо" "Бунёдкор"ни мағлуб этди  6 22:05"Ювентус" ўз футболчисини "Борнмут"га 18 миллион еврога сотади  1 21:48"Реал" Кепа эвазига Лунинни "Челси"га қўйиб юборишга тайёр  2 21:31Гвардиола "Реал Мадрид" футболчилари "Олтин тўп"га фаворит эканлигини айтди  20 21:14Франциянинг 6 карра чемпиони профессионал клуб мақомидан маҳрум қилинди  5 20:57УEФА Евро-2024 ўйинларида мухлисларни ирқчилик ва камситувчи хатти-ҳаракатлари учун етти давлатни жаримага тортди  3 20:30Назорат учрашуви. Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Суперлига клубига ютқазди  2 20:13Париж-2024. Рақиб футбол жамоаси машғулот майдонига дрон учирган мамлакат ходимлари турнирдан четлатилди  0 19:55Азмун БАА клубига ўтади  13

Asilbek Amonov: Yoshligimda hujumda to'p surganman Yangiliklar

Asilbek Amonov: Yoshligimda hujumda to'p surganman

O'zining shonli tarix va ananasiga ega Namanganning Navbahor jamoasi bu yilgi mavsumni imkoni qadar kuchlilar safida yakunlash niyatida.

SHu maqsad yo'lida ikkinchi davra bahslariga tayyorgarlik ko'rish ishlarini boshlab yuborgan jamoa azolari mashg'ulotlarda astoydil mehnat qilishmoqda. Ular orasida darvozabon Asilbek Amonov ham bor. Biz esa muxlislarning taklif va istaklarini inobatga olib futbolchi bilan suhbatlashishga qaror qildik.

- Siz Navbahor tarkibida birinchi davraning barcha uchrashuvlarida maydonga tushdingiz. Bu o'zingizga bo'lgan ishonch va ruhiy ustunlikni taqdim etgandir?

- Albatta, bunga erishish uchun birinchi galda murabbiylar ishonchini oqlash hamda jamoadagi futbolchilar bilan til topishish muhim ahamiyat kasb etadi. Qolaversa muxlislarni, ularni aldab bo'lmaydi. O'yinda bor kuch va mahoratingizni ishga solishingiz talab etiladi. Muxlislar kuzatuvchan bo'lishadi. Tribunadan maydondagi xatti-harakatingiz shundoqqina ko'rinib turadi.

- Birinchi davraning dastlabki turlarida chempionatda eng kam gol o'tkazib yuborgan darvozabonlardan biri bo'ldingiz. Bunday ko'rsatkichni qayd etishingizni kutganmidingiz?

- Ha to'g'ri, mavsum boshida juda yaxshi start oldik. O'zimga bo'lgan ishonchim yuqori edi. To'g'risini aytsam, Namanganga kelgan jamoalarni muxlislarning bevosita yordamida bilan mag'lub etdik. SHukrki oldimizda hali ikkinchi davra bahslari kutib turibdi. O'sha uchrashuvlarda natijalarimizni yanada yaxshilay olishimizga ishonaman.

- Lochinlarning so'nggi turlardagi omadsizliklar nima bilan bog'liq?

- Biz juda ham ko'p durang qayd etib yubordik. Hisobda oldinda bora turib gol o'tkazib yubordi. Aslidaku bir har bir o'yinda g'alaba uchun maydonga tushamiz. Biroq, yo'l qo'yilgan xatolar tufayli qimmatli ochkolarni yo'qotdik. Bu juda alamli, albatta.


- Ilhom Mo'minjonovning ish uslubi haqida fikr bildirsangiz.

- Murabbiyimiz oliy ligadagi yosh murabbiylardan bir hisoblanadi. Juda ham jonkuyar inson. Agarda Navbahor jamoasining o'yinlarini o'yingohda tomosha qilsangiz, uning xatti-harakatlariga guvoh bo'lishingiz mumkin. Har bir vaziyat uchun o'z fikrini bildirib turadi. Hammaga teng muomalada bo'lishi va faqat yuqori maqsadlarni ko'zlashi tahsinga loyiq.

- Jamoadagi ichki muhit qanday?

- Juda ham yaxshi. Barcha aka-ukadek bo'lib ketgan. To'g'ri boshida biroz kelishmovchiliklar bo'ldi. Lekin, keyinchalik hamma bir oiladek bo'lib qoldi. Buni muxlislar ham mashg'ulotlarga kelib guvohi bo'lishadi. Ular ham bundan zavqlanib ketishadi.

- Navbahor tarkibidagi eng yaxshi himoyachini ayta olasizmi?

- Bu savolingizga javob bera olmayman. Ochig'i o'zim ham bazi vaziyatlarda himoyachi vazifasini bajaraman. Umuman olganda jamoadagi himoyachilarning barchasi bir xil saviyadagi o'yinchilar.

- Jamoadagi qaysi futbolchining maydonda bo'lishi sizga dalda bo'ladi.

- Jamoamizda o'n to'qqiz nafar futbolchi bor. Ularning har biri maydonda yaxshi o'ynashga harakat qiladi. Aziz Turg'unboevni vaqti kelib top klublar safida to'p tepishiga umid qilaman. Uning o'yinlari menga yoqadi.

- Ikkinchi davraga tayyorgarlik ishlar qanday ketyapti?

- Yaxshi, hammasi ko'ngildagidek bo'lyapti. Tarkibimizda yangi o'yinchilar ham bor. Mashg'ulotlarda birinchi davrada yo'l qo'yilgan xatolar ustida ishlayapmiz.

- Bu yil jamoa oldiga qanday vazifa qo'yilgan?

- Har bir o'yinda g'alaba qozonish vazifasi qo'yilgan. Natijani mavsum so'nggida ko'ramiz. Bu yilgi jamoa to'qson foiz yangi futbolchilardan tashkil topgan. Agarda rahbariyat ushbu o'yinchilarni saqlab qolgan taqdirda, birdan to'rtinchi o'ringacha bo'lgan pog'onalarni vazifa qilib qo'yishsa bo'ladi. Har yili yangi tarkib bilan sovrindor bo'lish qiyin bo'lsa kerak.


- Yoshligingizda boshqa chiziqda ham harakat qilganmisiz yoki o'shandayoq darvozabon bo'lishni maqsad qilganmisiz?

- Yoshligimda hujumchi bo'lganman. Mahallamizda Progress degan jamoa bor edi. Bir kuni darvozabonimiz mashg'ulotga kelmagan va uning o'rniga darvozadan turganman. Ochig'i bu o'zimga ham yoqib qolgan. SHu so'ng darvozabonlik faoliyatimni boshlangan. 2012 yili Paxtakor darvozasini qo'riqlay boshladim. U erda ko'p vaqt bo'lmasamda, o'ziga yarasha obro'-etiborga erishdim. Darvozabon bo'lganimdan afsuslanmayman.

- Siz kichik mundial ishtirokchisisiz. Ehtimol Sizni katta mundialda ham ko'rarmiz?

- Albatta, hamma narsaning o'z vaqti soati bo'ladi. Vaqti kelib jahon chempionatida qatnashish ham nasib etar.

- Bu yilgi oliy liga saviyasi haqida fikr bildirsangiz.

- Ikki-uch jamoani hisobga olmagandan qolgan barcha jamoalar bir xil kuchga ega. SHuning uchun chempionat qizg'in kechmoqda. Agarda bitta o'yinda yutsak 5-pog'onaga ko'tarilishimiz mumkin. Muxlislarni yana o'yingohga qaytishlarini xohlaymiz. Ikkinchi davra shiddatli o'tishi aniq.

- Darvozabonning o'yinda amalga oshirgan chiroyli seyvfi yoki penaltini qaytarishi tabiiyki o'ziga bo'lgan ishonchni va ruhiyatini ko'taradi. Aytingchi chiroyli gol o'tkazib yuborganda qanday ahvolga tushasiz?

- Gol o'tkazishning o'zi yoqimsiz.

- Namanganlik muxlislar Sizda qanday taassurot qoldirishyapti?

- Hayratdaman. O'tgan yili Buxoroda o'yingoh bilan to'la muxlislar oldida o'ynash yoqimli bo'lgandi. Birinchi davra uchrashuvlarini oxirigacha o'z maydonimizda muxlislar to'la o'yingohda o'tkazdik. Namanganda ishqibozlar hatto mashg'ulotlarga ham tashrif buyurishadi.

- Ularning Sizga bo'lgan ishonch va mehri o'zingizga ham sezilyaptimi?

- Albatta, muxlislar qarshisida o'ynash yoqimli, ular Sizni yaxshi o'ynashga undaydilar. Ishqibozlarimiz yanada ko'payishini xohlardim. Bizni qo'llab turgan muxlislarimizga jamoa nomidan katta rahmat aytaman.

Xurshid Yusupov suhbatlashdi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика