Ashurmatov va Rahmonaliev Dzyuba bilan bir jamoada o'ynashi mumkin
15 may 2023 19:37
Yangiliklar
Ashurmatov va Rahmonaliev Dzyuba bilan bir jamoada o'ynashi mumkin
Artyom Dzyuba faoliyatini "Rubin"da davom ettirishi mumkin.
Malumotlarga ko'ra, Qozon klubi RPLga qaytishi bilan forvardni o'z safiga qo'shib olishni reja qilyapti.
"Rubin" qishda ham Dzyubaga qiziqqan edi, ammo futbolchining o'zi MFL (ikkinchi darajal liga)da o'ynashni xohlamadi. Endi klub uni yangi mavsumda jamoa etakchisiga aylantirmoqchi.
Bundan tashqari, "Rubin" futbolchining mashhurligini hisobga olib, uy uchrashuvlarida stadion muxlislar bilan to'lishiga umid qilyapti. Qozonliklar hujumchiga "1+1" sxemasi bo'yicha yillik maoshi 1,5 mln. evro bo'lgan bitim taklif qilmoqchi.
Eslatib o'tamiz, ayni damda "Rubin" sharafini ikki o'zbekistonlik Rustam Ashurmatov va Umarali Rahmonalievlar himoya qilishmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон терма жамоаси Хитой билан жанговар дуранг қайд этди
Суперлиганинг янги мавсумига қуръа ташлаш маросими бўлиб ўтди (тўлиқ тақвим)
Хитой компанияси "Истиқлол" стадионини реконструкция қилиш ва кенгайтириш бўйича лойиҳа таклиф этди
Туркманистон терма жамоаси футболчиси "Арал"га ўтди
Fikrlar