Ashurmatov jamoasi K-ligaga chiqish uchun yana bir muhim qadamni tashladi
19 okt 2019 11:44
Yangiliklar
Ashurmatov jamoasi K-ligaga chiqish uchun yana bir muhim qadamni tashladi
Bugun Janubiy Koreya K2 ligasi doirasidagi "Gvangju" va "Anyan" klublari o'rtasidagi o'yin bo'lib o'tdi.
O'zbekistonlik himoyachi Rustam Ashurmatov o'ynayotgan "Gvangju" klubi o'z uyida "Anyan"ni 4:0 hisobida mag'lub etdi. Ashurmatov mazkur o'yinda doimgidek to'liq 90 daqiqa harakat qildi. "Gvangju" 33 turdan so'ng 70 ochko to'plagan holda musobaqa jadvalining birinchi pog'onasida bormoqda. CHempionat yakunlanishiga esa 3 tur qolgan. "Gvangju" esa ikkinchi o'rindagi "Busan I'Park"dan 10 ochko ilgarilab ketgan.
"Busan I'Park" 33-turda o'z maydonida "Ansan Griners"ni qabul qiladi. Maydon egalari ushbu bahsda mag'lubiyatga uchrashsa, Rustam Ashurmatov jamoasi muddatidan oldin chempionlik masalasini hal qilgan bo'ladi.
Janubiy Koreya. K2 ligasi. 33-tur
"Gvangju" - "Anyan" 4:0
Gollar: Felipe De Souza Silva (2, 11), Ju-Gun Kim (25, 70)

O’xshash yangiliklar
20:21
Eron Pro ligasi. "Istiqlol" o'z uyida mag'lubiyatga uchradi, Masharipov qaydnomadan o'rin oldi 4
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar