Asensio "Real"dan PSJga o'tadi. SHartnoma – 4-5 yillik (AS)
01 iyu 2023 16:01
Yangiliklar
Asensio "Real"dan PSJga o'tadi. SHartnoma – 4-5 yillik (AS)
"Real" yarim himoyachisi Marko Asensio PSJga o'tishga yaqin turibdi.
"AS" xabariga ko'ra, parijliklar bilan muzokaralarda kutilmagan qiyinchiliklar yuzaga kelmasa, 27 yoshli ispaniyalik yaqin kunlarda PSJ futbolchisiga aylanadi. Asensio bilan 4-5 yillik shartnoma imzolanadi.
Yarim himoyachiga "CHelsi", "Liverpul" va "Aston Villa" klublari qiziqish bildirishdi, biroq unga ko'proq PSJ taklifi manzur keldi.
"Real" Markoni jamoada saqlab qolishga urinib ko'rdi va shu mavsum tugaydigan shartnomani uzaytirishni taklif qildi, biroq futbolchiga zaxira o'rindig'idagi rol yoqmadi.
Asensio joriy mavsum La Liga 30 ta o'yinida 9 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади
Fikrlar