So’nggi yangiliklar

12:05"Рома" А Сериядаги мағлубиятсиз сериясини 17 ўйинга етказди  0 11:41Иммобиле Италияга қайтиши мумкин?  1 11:18Нико Уильямс МЮ билан ўйин ҳақида: "Фаворит йўқ, улар АПЛда пастда жойлашишган. Биз "Атлетик Бильбао" нималини кўрсатишга ҳаракат қиламиз"  6 10:54Раньери «Рома»нинг «Верона» устидан қозонилган ғалабасига муносабат билдирди  1 10:27Про лига. Бугун 3-тур якунланади  0 09:56«Барселона»да «Реал»га қарши учрашувдан аввал катта йўқотиш бор  6 09:26«Верона»га қарши учрашувдан сўнг Шомуродов ўз фикрларини билдириб ўтди  4 08:58Улуғбек Бакаев: "Гол ўтказиб юборган вазиятимиз ва пенальти белгиланган вазият бўйича ҳам саволларим бор"  13 08:31Исломбек Исмоилов – истеъдодларга тўла жамоа билан мукаммал ишни бажаришга яқин: ОФК расмий саҳифаси Исломбек Исмоилов ҳақида катта мақола эълон қилди  10 08:03Sofascore. Жамоасига ғалаба тақдим этган Шомуродов неча баҳога лойиқ кўрилди?  3 07:37Суперлига. Бугун Олмалиқ ва Андижонда ўйинлар бор  5 07:05U-17 Осиё кубоги. Бугун ФИНАЛ!  26 02:35Асрор Алиқулов: "Рақибда 65-70 дақиқалардан сўнг бўшлиқлар пайдо бўлишини кутгандик"  1 02:14Анвар Бердиев: "Ўйин битта голгача бўлди, уни эса "Машъал" урди"  5 02:00Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда 90+3 дақиқада тўп ўтказиб юборган ҳолда аутсайдерлардан бирига мағлуб бўлди  7

Asadbek Sobirjonov: "Buxoro"ga ijaraga berishganidan aslo xafa emasman” Yangiliklar

Asadbek Sobirjonov: "Buxoro"ga ijaraga berishganidan aslo xafa emasman”

Bu mavsum "Buxoro" klubida "Paxtakor"dan ijaraga olingan ikki futbolchi to'p tepmoqda.

Doston Ibragimov va Asadbek Sobirjonov. Iyun oyida Ibragimov milliy terma jamoaga, Sobirjonov esa olimpiya terma jamoasiga chaqiruv oldi. Yaqinda Doston bilan suhbatlashgan edik. Navbat uning jamoadoshi Asadbek Sobirjonovga etib keldi.

- Dastlab futbolga kirib kelishingiz qanday bo'lganini aytib bering.

- Sirdaryo viloyati Yangier shahrida tug'ilganman. Futbolga kirib kelishimga dadam sababchi bo'lganlar. Ko'pchilikda bo'lgani kabi kichkinaligimda qo'limdan ushlab futbol to'garagiga olib borgandilar. U erda Ergash SHeraliev va Muzaffar Beknazarov qo'l ostida shug'ullanishni boshlaganman.

- Ko'pchilik bolalarni ota-onasi futbolga beradi, lekin ularning hammasi ham futbolchi bo'lib etishmaydi. Siz nima uchun futbolchi bo'lgansiz?

- Oilamizda hamma futbolga qiziqadi. Aqlimni taniganimdan buyon futbol o'ynayman. Futbolga juda qiziqaman. Futbolsiz hayotimni tasavvur qila olmayman. Agar bir kun futbol o'ynamasam o'zimni g'alati his qilaman. Men uchun futboldan yaxshiroq sport turi yo'q. Futbol - mening hayotim.



- "Paxtakor" akademiyasiga qachon kelgansiz?

- 2012 yil murabbiyim Muzaffar aka Beknazarov va dadam meni "Paxtakor" akademiyasiga olib borishgan. Futbolchi sifatida yanada shakllansin deb niyat qilishgan bo'lsa kerakda. O'sha paytda men tengilarga Temur aka Olimxo'jaev murabbiy edi. Birinchi borganim hali hamon esimda. Mashg'ulotga qo'shildim va turli mashqlarni bajardik. Oxirida barcha bolalar bilan futbol o'ynadik. Toshkentdan uyga qaytayotganda dadam "tabriklayman, "Paxtakor" akademiyasiga qabul qilishdi" deganlar. O'sha lahzada qanchalik xursand bo'lganimni tasvirlab bera olmayman. CHunki "Paxtakor" akademiyasiga kirish, u erda shug'ullanish hammaga ham nasib etavermaydi. SHundan keyin akademiyada Temur Olimxo'jaev shogirdiga aylanganman.

- O'tgan yil sizni asosan "Paxtakor" yoshlar jamoasida ko'rardik. Bu yil asosiy tarkibda o'ynashingiz mumkin edi. Biroq rahbariyat "Buxoro"ga ijaraga berishni lozim topdi. Ushbu qarordan xafa emasmisiz?

- Yo'q, yo'q "Buxoro"ga ijraga berishganidan aslo xafa emasman. Aksincha Jafar Irismetovga rahmat aytmoqchiman. Agar u kishi meni "Buxoro"ga ijaraga bermaganlarida hozir "Paxtakor" yoshlar jamoasida o'ynab yurgan bo'larmidim. "Buxoro" safida Superligada to'p tepayapman va o'z tajribamni oshirib borayapman. Xudoga shukur bu mavsum Superligada debyut qildim, ko'p o'tmay, Farg'onada "Qo'qon-1912" bilan bahsda birinchi golimni ham urishga muvaffaq bo'ldim. Ishoning yoshlar ligasi va Superliga o'rtasidagi tafovut juda ham katta.

- "Buxoro"da o'z oldingizda qandaydir maqsad qo'ydingizmi?

- Bu mavsumdagi eng asosiy maqsadim "Buxoro" klubini qiyin vaziyatdan chiqib ketishiga qo'limdan kelgunicha yordam berish va chiroyli o'yin namoyish etib "Paxtakor"ga qaytish.

- Futbolchilar orasida do'stlaringiz bormi? Eng yaqinlari kim?

- Hayotda ham, futbolda ham yaqin o'rtoqlarim juda ko'p. Eng yaqin do'stlarim hozirda AGMKda o'ynayotgan Kamron Saidazimov va "So'g'diyona" azosi Muhammadali Yuldashev.

- Mavsum boshida "Buxoro"da Baxtiyor Ashurmatov bosh murabbiy bo'lib ishladi. Muhsin Muhammadiev kelganiga ko'p bo'lmadi va u haqida hali to'la tasavvurga ega emassiz. Ashurmatov qanday murabbiy ekan?

- Baxtiyor Azamovich ajoyib inson ekanlar. Bu murabbiydan ancha narsa o'rgandim deb bemalol ayta olaman. Mashg'ulotlarda bizdan maksimal harakat qilishimizni talab qilardilar. Ularning mashg'ulotlari juda qiziqarli o'tardi. Juda tartibni xush ko'ruvchi inson ekanlar. Bekorga o'tgan yil O'zbekiston kubogida g'olib chiqmaganlar.



- O'zbekiston olimpiya terma jamoasi iyun oyida ikki marta Misr olimpiyachilariga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi. Lyubinko Drulovich mazkur yig'inga sizni ham chaqirdi.

- Olimpiya terma jamoasida juda kuchli futbolchilar jamlangan. Raqobat juda kuchli va terma jamoadagi muhit ajoyib. Barcha futbolchilar bir-biri bilan ahil va inoq ekan. Misr bilan bo'lgan ikkala o'yinda ham zaxiradan maydonga tushdim. Nasib qilsa olimpiya terma jamoasi Tailanddagi Osiyo chempionatida munosib ishtirok etadi va Tokiodagi yozgi Olimpiada o'yinlariga yo'llanmani qo'lga kiritadi.

- CHet elda sevimli klubingiz bormi? Qaysi futbolchilarga havas qilasiz?

- Yoshligimdan "Barselona"ga muxlislik qilaman. Kataloniyaliklarning har bir o'yinini ko'rib boraman. Futbolchilardan Neymar va Filippe Koutinoning harakatlariga havas qilaman.

- Hech “futboldan charchadim, futbolchilikni tashlayman” degan xayol o'tganmi?

- Futbolchi bo'lishda albatta qiyinchiliklar bo'lgan. Lekin futbol hayotimning bir bo'lagiga aylanib qolgani sababli uni tashlash haqida hech qachon o'ylamaganman.

- Instagramda juda faolsiz. Bir kunda qancha vaqtni instagramda o'tkazasiz?

- Instagramga kuniga 2-3 soat vaqt ajrataman.

Narzulla Saydullaev suhbatlashdi

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика