So’nggi yangiliklar

01:27Туркия. Ҳусниддин Алиқулов гол уриб, жамоасини мағлубиятдан қутқариб қолди  0 01:15"Барселона" Гампер Кубогида йирик мағлубиятга учради  6 00:33"Ланс" ҳимоячисига "Ювентус" ва "Аталанта" қизиқиш билдирмоқда  0 23:55Миржалол Қосимов: "Натижадан қониқдим, аммо жамоам намойиш этган ўйин мени ҳурсанд қилмади. Очколарни кузда санаймиз"  10 23:52Жамшид Саидов: "Биргина хато қимматга тушди"   1 23:09Февзи Давлетов: "Биринчи бўлимда устунликка эришган бўлсак ҳам, тўп рақиб дарвозасига кирмади"   2 22:43Сергей Лушчан: "Рақибимиз ўйин давомида иккита зарба берди ва иккита гол урди. ОКМК бугун ҳақли равишда ғалаба қозонди"  13 22:40Гампер Кубоги. "Барселона" таркиби маълум  6 22:22"Сурхон" - "Қизилқум" 1:0  2 21:29ОКМК - "Навбаҳор" 2:1  3 21:27"Реал" Суперкубок учун қайдномани эълон қилди  6 21:05Суперлига. "Сурхон" кичик ҳисобда "Қизилқум"дан устун келди  15 21:05Суперлига. ОКМК сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Навбаҳор"ни мағлуб этди  111 20:25"Манчестер Сити" ўзи учун рекорд нархга футболчи сотди  9 19:41"Ал Аҳли" Винисиус учун миллиард евро тўлашга тайёр  11

Asad Rahimov: “Qaysi murabbiy yoki rahbar bilan ishlamaylik doimo o'z ishimizga sidqidildan yondoshganmiz” Yangiliklar

Asad Rahimov: “Qaysi murabbiy yoki rahbar bilan ishlamaylik doimo o'z ishimizga sidqidildan yondoshganmiz”

Bu yil o'zining qutlug' 30 yoshini qarshi olgan “Mashal”da bugungi kunda uzoq yillardan buyon ishlab kelayotgan inson bu – Asad Rahimovdir.
Kezi kelganda muxlislarga tanishtirib o'tish lozimki, Asad aka Muborak jamoasida 20 yildan buyon ishlab kelmoqda. Klubda mamur sifatida faoliyat yuritayotgan Rahimovni o'z kasbini ustasi deyish mumkin. Vazifasiga kirmaydigan ishlarni vaqti kelsa bajarib ketaveradigan Asad aka buning natijasida klubga kelgan har bir rahbarni etiborini tortmoqda. Anchagina kamtar bo'lgan Asad Rahimovni intervyu berishga ko'ndirishimiz oson kechmadi. So'nggi 20 yil umrini bitta klubga bahshida etgan kishi bilan suhbat qilib qaytmasak ham bo'lmasdi. O'zaro munosabatlarimiz iliqligi tufayli ham Asad aka taklifimizga baribir ko'ndi.

- Asad aka, avvalo jamoangizning 30 yoshga to'lgani bilan tabriklaymiz. Aytingchi bu klubga kelishingiz qanday yuz bergan?
- Tabrik uchun rahmat. Ilgari “Mashal”da vice-prezident sifatida ishlagan Norqul Daminov meni o'z jamoasiga taklif etgan. SHundan so'ng 1995 yilning 1 noyabridan rasman klubda ish boshlaganman. SHundan buyon jamoada ishlab kelmoqdaman va aytishim mumkinki, “Mashal” huddi ikkinchi uyimdek bo'lib qolgan. 

- Futbol sohasiga kirib kelishingizdan oldin qanday ish bilan shug'ullangansiz?
- Undan oldin buxgalter sifatida ishlab kelayotgandim. Malumotim o'rta-maxsus. 

- Yangi sohaga o'tganingizdan so'ng qiyinchiliklarga duch kelgan bo'lsangiz kerak?
- Ha, hamma ishni ham debochasi murakkab kechadi-ku! Mamur sifatida ish boshlagan kezlarimda menga Valeriy Lyotkin ko'p narsalarni o'rgatgan. Asta-sekin ishimni o'zlashtirib bordim.

- Bugungi kunda bu sohada shogirdlaringiz ham bormi?
- Mana bu mening shogirdim deb maqtanishni istamayman. Maslahat so'rab kelganlar doim qo'ldan kelganicha to'g'ri yo'l-yo'riq ko'rsatib kelganmiz. Oxirgi paytlarda yoshlar jamoasida mamur sifatida ishlab kelayotgan Vugar Kadimovga ham ishlash jarayonini o'rgatib kelmoqdaman.

- Yaxshi bilamiz, “Mashal”da ilgari Viktor Jalilov, Viktor Kumikov hamda Vladimir Fomichyov singari taniqli murabbiylar ishlagan. Undan tashqari Bahrom Davlatovdek talabchan rahbar bilan ham faoliyat olib borgansiz. Ularni ko'nglidagidek ishlash oson kechmagandir?
- To'g'ri, aytasiz oxirgi 10-15 yilda rahbar va boshqaruv postida ko'plab kishilar ishlab ketdi. Ochig'ini aytganda, ularning har biri bilan chiqishib keta olganman. O'z vazifamni bajarish uchun ishimga sidqidildan yondoshib kelganman. Kerak bo'lsa bosh murabbiylarga meni vakolatimga kirmaydigan ishlar borasida ham ko'maklashganman. Muhimi jamoaning muvaffaqiyatidir.

- SHu kungacha birga ishlagan murabbiylardan qaysilarini alohida ajratib ko'rsatishingiz mumkin?
- Valeriy Lyotkin, Vladislav Xan, Fomichyov, Jalilov, Kumikov kabi murabbiylar bilan ishladim. Ularning har birini o'ziga yarasha ish uslubi bor edi. Viktor Bayutovich davrida “Mashal” gullagan. SHuningdek Viktor Romanovich ham yaxshi tarkibni shakllantirgandi. Ulardan tashqari o'zbek futboli yulduzi bo'lgan Mirjalol Qosimov bilan birga ishlashga muvaffaq bo'lganman. SHuningdek Xayrulla Karimov, Jahongir Jiyamurodov, Lutfulla To'raev va Artyom Filiposyanni aytish mumkin. Bu futbolchilar jamoamizga juda yosh paytida kelishgandi.

- SHu kungacha boshqa klublardan ham taklif olganmisiz?
- Yo'q. Lekin 1997 yil Qarshida “Nasaf” jamoasi yangi tuzilgan paytida borib qisqa muddat ishlab kelganman.

- Keyinchalik takliflar bo'lsa qanday yo'l tutasiz?
- To'g'risini aytganda, shu erga ko'nikib qolganman. “Mashal”da hamma narsa meni qoniqtiradi. O'zim aslida SHahrisabzdanman. Oilamni  Muborakka olib kelganman.

- Farzandlaringiz ham futbol sohasidan borganmi?
- Ikkita o'g'lim bor. Ular futbolchi bo'lmadi. Lekin futbol sohasida. Har ikkisi ham men kabi “Mashal”da ishlamoqda. To'ng'ich o'g'lim Sanjar massajchi. Kenja o'g'lim Sarvar esa operator sifatida faoliyat yuritadi.

- “Mashal”ga kelib ketayotgan xorijlik futbolchilar to'g'risida fikringiz qanday?
- Oxirgi yillarda 5 yilni oladigan bo'lsak, “Mashal”da o'ynab ketgan legionerlardan Nikolay Rindyuk yorqin o'yin ko'rsatdi. Keyin Igor Petkovich bilan Darko Stanoevich ham yaxshi taassurot qoldirgan. Mana bu yil Andrey Derkach o'ynamoqda. “Mashal”ga kelgan legionerlarning hech biri ranjimagan. Klub hammani birdek qabul qiladi.


Islombek Rustambekov suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика