So’nggi yangiliklar

03:15Африка кубоги. 1/8 финал. Мали пенальтилар сериясида Тунисни мағлуб этди, Сенегал эса Судан устидан зафар қучди  0 03:03Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди  22 03:00А Серия. "Аталанта" ўз уйида "Рома"ни мағлуб этди  1 02:11Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Иттиҳод" ўз майдонида рақобатчисини мағлуб этди  0 00:26АПЛ. "Арсенал" 5 та гол урилган ўйинда меҳмонда "Борнмут"ни мағлуб этди, Райсдан дубль!  11 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  4 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  3 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  2 22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  6 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  3 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан хайрлашди  0 21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  3 21:02"L’Equipe" йил рамзий термасини эълон қилди  1 20:46"Пахтакор"нинг Туркиядаги илк йиғинидаги рақиблари маълум қилинди  0 20:23"Астон Вилла" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  0

Asad Do'rmonov: "Quraga etirozim yo'q" Yangiliklar

Asad Do'rmonov: "Quraga etirozim yo'q"

PFL majlislar zalida O'zbekiston Kubogi o'yinlari va birinchi liga chempionati uchun qura tashlash marosimi yakuniga etgach, "Yozyovon-lochinlari" bosh murabbiyi Asad Do'rmonovning fikrlarini tingladik.
- Bu yil birinchi ligada debyut mavsumni o'tkazamiz. Albatta oson bo'lmaydi. Quraga keladigan bo'lsak, birinchi turda derbida o'ynaymiz. Quvasoyning Cementchi jamoasiga qarshi o'yin qiziqarli bo'lishi aniq. Umuman olganda chempionatda hamma klub bilan baribir o'ynashga to'g'ri keladi. SHuning uchun raqib tanlash kerak emas. Har bir bahsga munosib tayyorgarlik ko'rishga xarakat qilamiz. To'g'ri birinchi ligada u qadar katta tajribaga ega emasmiz. Lekin buni o'yindan-o'yinga oshirib boriladi, - deydi Do'rmonov championat.asia saytiga.

- Quradan qoniqdim. Bu borada ortiqcha etiroz bo'lishi mumkin emas.

- Kubok haqida nima desa bo'ladi. Bitta o'yindan iborat bo'lgan o'tish bahsida safarda o'ynaydigan bo'ldik. Etibor bering chempionatni ham safarda boshlaymiz. Har bir jamoa o'z maydonida o'ynashni istaganidek, biz ham uyda boshlasak, yaxshi bo'lardi.

- Jamoaning tayyorgarligidan ko'nglim to'lmoqda. Tarkibda asosan yoshlar ekanligini aytish lozim.

- Ha, Rustam Do'rmonov (ukasi-muallif) ham bu yil jamoamiz murabbiylar shtabida bo'ladi. Hozir uni rasmiylashtirish ishlari ketmoqda", -  deydi Asad Do'rmonov.


Islombek Rustambekov
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика