AS nashri barcha davrlarning ramziy terma jamoasini e'lon qildi. Tarkibda Ronaldu yo'q

25 dek 2019, 01:20
Ispaniyaning AS nashri barcha davrlar uchun ramziy terma jamoa tuzib chiqishga qaror qildi.

Ushbu ro'xatdan o'tmishdagi mashhur futbolchi, darvozabonlar orasida “Oltin to'p” sovrininini qo'lga kiritgan yagona charm to'p ustasi Lev Yashin joy oldi. Biroq ushbu ramziy termadan to'qqiz yil davomida qirollik klubi safida to'p tepib, jamoa tarixidagi eng yaxshi to'purarga aylangan Krishtianu Ronaldu joy olmadi.

AS  nashrining barcha davrlar uchun tuzgan ramziy terma jamoasi quyidagicha joy oldi:

Darvozabon - Lev Yashin (sobiq SSSR);

Himoyachilar- Kafu (Braziliya), Bobbi Mur (Angliya), Franc Bekkenbauer (Germaniya), Paolo Maldini (Italiya);

Yarim himoyachilar- Yoxan Kruiff (Gollandiya), Zinedin Zidan (Fransiya), Diego Maradona (Argentina), Alfredo Di Stefano (Argentina/Kolumbiya/Ispaniya);

Hujumchilar- Lionel Messi (Argentina), Pele (Braziliya).

O'xshash yangiliklar


Manba: AS