So’nggi yangiliklar

14:40"Андижон", "Нефтчи" ва "Пахтакор"га турли сабабларга кўра жарима солинди — Тартиб-интизом қўмитасининг қарорлари  1 14:16"Барселона" рекорд даражада даромад кўрди  0 13:48"Қайрат" Чемпионлар Лигасидаги иккита мағлубиятдан кейин қанча ишлаб олди?  0 13:21Виктор Карпенко: "Боб Хоутон танаффусда ўзини жуда хотиржам ва ишончли тутганди, иккинчи бўлимда бизни тўхтатиб бўлмасди"  5 12:57Бир ўйин тарихи. Ўзбекистон - Кувайт 3:2. Терма жамоамиз тарихидаги энг чиройли камбэк қандай юз берган?  2 12:39МЮ мухлислари бағрига шамол тегиши мумкин  4 12:14"Бока Хуниорс"нинг афсонавий мураббийи оламдан ўтди  0 11:55Марсело Бьелса: "Ўзбекистон ЖЧда иштирок этишининг ўзи катта натижа деб биламан. Ушбу йиғинда ҳар бир футболчининг имкониятларини кўриб олишимиз керак" (матбуот анжумани)  1 11:27Марсело Бьелса: "Ўзбекистон — мундиалга борадиган жамоа"  1 10:46МЮ раҳбари Аморимга 3 йил вақт берган  7 10:15"Нефтчи" собиқ мураббийи билан ҳисоб-китоб қилди  0 09:42Роналду дунё тарихидаги биринчи миллиардер футболчига айланди  22 09:13Ўзбекистон МТЖнинг бугунги учрашув учун тахминий таркиби  11 08:45"Насаф" U-21 жамоасининг қониқарсиз натижалари сабабли Зафар Холмуродов ишдан олинди  2 08:13Бугун Каннаваро терма жамоамизда дебют қилади  10

Artyom Petrosyan: "Keyingi bosqichda kim bilan o'ynashimizning farqi yo'q" Yangiliklar

Artyom Petrosyan: "Keyingi bosqichda kim bilan o'ynashimizning farqi yo'q"

O'zbekiston Kubogi nimchorak final bosqichi doirasidagi "Olimpik" – "Andijon" (0:1) uchrashuvidan keyin mehmonlar murabbiyi Artyom Petrosyan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Olimpik"ga imkoniyat bermaslikka harakat qildik va o'z imkoniyatimizdan foydalanish harakatida bo'ldik. Bitta imkoniyatdan foydalanib qoldik va 1:0 hisobida yutdik. Bunday o'yinlarda qiyin. Rostini aytsam, ikkinchi bo'limda biroz charchab qoldik. Lekin muhimi natija. Muxlislarimizga uzoq yo'lni bosib kelib bizni qo'llab turishgani uchun rahmat. CHorak finalga chiqdik, jamoamizni tabriklayman",- deydi Petrosyan.

- Bugungi uchrashuvga futbolchilarni "nastroy" qilish qanchalik qiyin bo'ldi? Birinchi omili "Olimpik" aralash tarkib bilan o'ynadi. Ikkinchisi, futbolchilar birinchi davra yakunida tezroq uyga qaytish kayfiyatida bo'ladilar. 

- Balki bo'lishi mumkin. Lekin o'yindan oldin yigitlarga kimga qarshi o'ynashimizni farqi yo'qligini va muhimi bor kuchni ishga solish haqida aytgandik. "Olimpik"ni o'z falsafasi bor. "Olimpik"da kim o'ynasa-o'ynamasa jamoa baribir to'pni nazorat qiladi, hujumkor o'yin ko'rsatadi. To'pni yo'qotgandan keyin pressinga o'tadi va tez qarshi hujumlarga o'ta oladi. SHu bois biz bu uchrashuvga yaxshi "nastroy" qilgandik. Futbolchilardan minnatdormiz. Asosiysi, natijaga erishdik. 

- Birinchi davrada kam o'yin amaliyotiga ega bo'lgan Sunnatilla Abdullajonov, Demir Imeri kabi futbolchilar qanchalik muvaffaqiyatsiz transfer bo'ldi yoki ular raqobatda yutqazishdimi?

- Imeri yomon futbolchi emas, yaxshi o'yinchi. Lekin jamoamizga, chempionatimizga biroz to'g'ri kelmadi. Qo'shnilarimiz xafa bo'lishmasinu, Qozog'iston chempionati saviyasi biznikidan pastroq ekan. Balki u boshqa klubda o'ynab ketar, ammo bizni jamoamizga moslashib keta olmadi. Abdullajonov yaxshi o'yinchi. Harakat qildi. Lekin raqobatda yutqazdi. Ammo mashg'ulotlarda yaxshi ishlayapti, bu borada etiroz yo'q.

- CHorak finalda ”Andijon”ga qaysi raqib duch kelishini istaysiz?

- Bizga farqi yo'q. Bosqichma-bosqich harakat qilib boraveramiz. Hozir chorak final haqida o'ylaymiz.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика