So’nggi yangiliklar

02:28Ла Лига. "Реал Мадрид" Мбаппенинг дубли эвазига "Бетис"ни мағлубиятга учратди  38 01:50Лига 1. ПСЖ меҳмонда "Лилль"ни мағлуб этди  0 01:46Туркия Суперлигаси. "Сивасспор" Истанбулда "Бешиктош"га мағлуб бўлди, Турғунбоев эса...  3 01:42А Серия. "Ювентус" ва "Рома" ўртасидаги ўйинда ҳисоб очилмади, Шомуродов 82-дақиқада ўйинга қўшилди  22 01:25"Ман Сити" ўйинчисини "Бенфика"га ижарага берди  0 00:11Тен Хаг "Ливерпуль" (0:3)дан учралган мағлубиятдан сўнг нималар деди?  5 23:19Бир-икки, бир-икки...  7 22:40АПЛ. 3-турнинг марказий учрашувида Салаҳ ва Диас "Манчестер"ни "ёндиришди"  13 22:26Бундеслига. "Бавария" ўз уйида "Фрайбург"ни қийинчиликсиз таслим этди  2 22:25Лига 1. "Монако" - "Ланс" 1:1, Ҳусанов Минамино ва Балогунга қарши  3 22:09Ўзбекистон U-20 жамоаси Хитойдаги мусобақага йўл олмоқда. Сафар олдидан видео репортаж  1 21:55АПЛ. "Ливерпуль" "Олд Траффорд"да "Манчестер Юнайтед"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  66 21:33"Спартак" Туркия терма жамоаси футболчиси учун саккиз миллион евро таклиф қилди  1 21:03КХДРнинг ёпиқ ўтган машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  7 20:10ҚПЛ. "Қайрат" — "Астана" ўйини тақдирини 84-дақиқадаги гол ҳал қилди, Йўлдошев эса...  1

Artyom Filiposyan: Taslim bo'lmaslikni o'rganyapmiz Yangiliklar

Artyom Filiposyan: Taslim bo'lmaslikni o'rganyapmiz

Bu yilgi chempionatimiz ancha qiziqarli o'tishi ko'zga tashlanib qoldi.

Balki ilk taassurot aldamchi bo'lar, lekin jamoalar sonining qisqartirilishi futbolimiz rivojiga xizmat qiladigan ko'rinyapti. Dastlabki turda mamlakat vice-chempioni «Nasaf» ochko yo'qotdi, «Bunyodkor» o'z maydonida mag'lubiyatdan qutulib qoldi.

O'tkazilgan 6ta o'yinning teng yarmida jamoalar murosaga kelishdi. Uchta bahsning ikkitasida mezbonlar va yana birida mehmonlar ko'chasida bayram bo'ldi. Uch ochkoni qo'lga kiritgan jamoalardan biri «Buxoro» o'z muxlislari ko'z o'ngida «Qo'qon-1912»ni taslim etdi.

Biz mazkur uchrashuvdan so'ng buxoroliklarning yagona goli muallifi, tur qahramonlaridan biri Artyom Filiposyanni suhbatga chorladik.

- Artyom, uchrashuv har ikki jamoa uchun ham juda qiyin kechdi. Keling, suhbatimizni o'yin taassurotlari haqidagi fikringiz bilan boshlasak.

- «Qo'qon-1912» yaxshi shakllangan jamoa, shu bois o'yin biz uchun oson kechmadi. Raqib tarkibida mahoratli futbolchilar etarli. SHunga qaramay, bahsni o'z foydamizga hal qildik.

- Murabbiylar o'yindan oldin qanday ko'rsatma berishgandi?

- To'pni ko'proq o'z nazoratimizda ushlab turish kerakligini aytishdi. Mehmonlar darvozasi tomon bosimni kuchaytirishimizni uqtirishdi. Biz bu ko'rsatmalarni bajara oldik, deb o'ylayman.

- «Qo'qon-1912» kutilgan qarshilikni ko'rsata oldimi?

- Ha, shubhasiz. Garchi o'z darvozalaridan gol o'tkazib yuborgan bo'lishsada, himoyada yaxshi o'yin namo­yish etishdi. No'mon Hasanov ajo­yib jamoa shakllantiribdi.

- Mavsumlar oralig'ida «Buxoro» tarkibiga bir guruh yangi futbolchilar kelib qo'shilishdi. Ular jamoaning o'yiniga qay darajada qo'shilib keta olishyapti?

- Hozircha bir-birimizni to'liq tushunib ketdik, deya olmayman. Buning uchun vaqt kerak. «Qo'qon-1912»ga qarshi bahsda bizga shu omil pand berdi. Nasib qilsa, 4-5ta o'yindan so'ng muammo bartaraf etiladi.

- Superliganing 1-turi ortda qoldi. Ko'pchilik qanday bo'lar ekan, degan savollarni bergandi. Ilk o'yinlar haqida nima deya olasiz?

- Sport telekanali sabab 1-turning barcha o'yinlarini ko'rdim. Birida o'zim ishtirok etdim (kuladi). Barcha uchrashuvlarning jonli efirda berilishi muxlislar uchun sovg'a bo'ldi.

Hozircha tayinli fikr bildirish qiyin. Hamma bir xil saviyada. Hech kimga oson bo'lmaydi. Fikrimcha, bu yilgi chempionat ancha kuchli va qiziqarli tarzda kechadi.

- Birinchi turdagi qaysi natijani kutilmagan, deb hisoblaysiz?

- To'g'risini aytsam, birorta klub haqida gapirmoqchi emasman. Men uchun jamoamizning g'alabasi eng muhimi bo'ldi.

- O'yinda yagona g'alaba to'pini kiritdingiz. So'nggi bor oliy ligada qachon gol urganingiz esingizdami?

- Darvozani ishg'ol qilganimdan xursandman, lekin men uchun jamoamning g'alabasi va muxlislarning quvonchi muhimroq. Kim gol urishining unchalik ahamiyati yo'q. So'nggi bor o'tgan yili «Lokomotiv» darvozasiga to'p kiritgandim.

- Superligada 12ta jamoaning ishtirok etayotgani yaxshi bo'ldimi?

- Hammasini vaqt ko'rsatadi. Endigina birinchi tur o'yinlari ortda qoldi. Hali oldinda butun mavsum turibdi. O'FA tomonidan qaror qabul qilindimi, demak unga hamma bo'ysunishi kerak. Zero, ular futbolimizni yangi bosqichga olib chiqishga harakat qilishyapti.

- Artyom, «Buxoro»da ishlayotgan yosh mutaxassislar - Ulug'bek Baqoev va Baxtiyor Ashurmatov tandemi haqida iliq fikrlarni aytishyapti. Siz bu murabbiylar to'g'risida nima deya olasiz?

- Har ikkisi ham o'z vaqtida juda kuchli futbolchilar bo'lishgan. Ular bilan ishlayotganimdan xursandman. Ushbu tandemning birinchi yutug'i hech qachon taslim bo'lmasligidir. SHu narsa menga ko'p kuch beryapti. Baqoev va Ashurmatov o'yinchilik paytida ham yutqazishni yomon ko'rishardi.

Hozir aynan shu narsa futbolchilarga juda kerak. 30 yoshda bo'lsam ham Baxtiyor akadan himoya­chi sifatida ko'p narsa o'rganyapman. U o'z vaqtida O'zbekistonning kuchli himoyachilaridan biri bo'lgan. Ulug'bek Baqoev ham yildan-yilga tajribasini oshirib boryapti. Ishonchim komilki, ulardan yaqin kelajakda juda yaxshi murabbiy chiqadi.

- Ikki yil davomida «Buxoro»da o'ynadingiz. Demak, bu erda sizni hamma narsa qoniqtiryapti va shu sababli joriy yil ham klubda qoldingiz...

- Xuddi shunday. Buxoroda meni hamma narsa qoniqtiryapti. Nolishga haqqim yo'q. Muxlislarga gap yo'q, sharoitlar juda yaxshi. Istedodli murabbiylar qo'l ostida o'ynayapman. Ana shu omillar sabab uchinchi mavsumni ham «Buxoro»da o'tkazishga qaror qildim.

- Adashmasam, mavsumlar oralig'ida sizni «Bunyodkor»ga taklif qilishgandi. Nima uchun sobiq jamoangizga rad javobini berdingiz?

- To'g'ri, «Bunyodkor»dan taklif bo'lgandi. Buni inkor etmayman. Lekin o'tgan yilgi chempionatimiz yakuniga etib borayotgan bir paytda klub rahbariyatiga Buxoroda qolishimni aytib, vada bergandim.

Vadaga vafo, deganlaridek, masumni «Buxoro»da boshladim va bu qarorimdan aslo afsuslanmayman. CHiroyli o'yin­imiz va g'alabalarimiz bilan buxorolik muxlislarni hali ko'p marta xushnud qilamiz.


"Interfutbol" gazetasi

Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика