So’nggi yangiliklar

17:34"Барселона" Рэшфордни тўлиқ сотиб олишдан воз кечди  1 17:06"Челси" Леау учун жиддий қадам ташламоқда  2 16:43"Олтин тўп"нинг 2 карра соҳиби оғир касалликка чалинди  5 16:18"Андижон"да сербиялик мураббий иш бошлади  1 15:57Эдди Хау МЮда ишлаши ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди  0 15:30Расман: "Навбаҳор" Абдураҳмонов трансферини эълон қилди  1 15:02"Металлург" катта футболга қайтиш арафасида  13 14:41Бугунги ўйинлар: "Арсенал" — "Ливерпуль", Франция Суперкубоги ва бошқалар  0 14:19"Сурхон" Февзи Давлетов ва Алексей Николаев билан ҳамкорлик якунланганини эълон қилди  5 14:00Балотелли фаолиятини БААда давом эттиради  0 13:32"Андижон" ҳужумчиси Озарбайжонга йўл олди  2 13:05"Локомотив" Чехия Кубоги финалчиси билан ўйнайди  1 12:38Расман: Шерзод Эсанов "Бухоро" футболчисига айланди  9 12:20МТЖ 5 майдан йиғин ўтказади ва Суперлиганинг етакчи клубларига қарши ўртоқлик ўйинларида қатнашади  4 11:58​"Пахтакор" Риаскос, Абдихолиқов ва яна 4 нафар футболчи билан хайрлашганини маълум қилди  11

Artyom Filiposyan: “Tanaffusda murabbiylar bergan ko'rsatma g'alaba omili bo'ldi” Yangiliklar

Artyom Filiposyan: “Tanaffusda murabbiylar bergan ko'rsatma g'alaba omili bo'ldi”

“Buxoro” - “Qo'qon-1912” jamoalari uchrashuvi (2:0) so'ngida, buxoroliklarning tajribali himoyachisi Artyom Filliposyan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi:

- Davralar oralig'idagi tanaffusdan so'ng birinchi rasmiy o'yinimiz bo'lgani uchun hayajon tufayli birinchi bo'limda o'yinimiz qovushmadi. Qolaversa, bazi o'yinchilarning terma komanda yig'inida, bazilarning jarohati tufayli ancha vaqt mashg'ulotlarda birga ishlamaganimiz ham bunga tasir ko'rsatdi.

Tanaffusda murabbiylar shtabi biz bilan jiddiy suhbat o'tkazib, kerakli ko'rsatmalarni berishdi. Ikkinchi taymda ana shu ko'rsatmalarga amal qilgan holda dastlab hisobni ochishga, so'ngra uni yiriklashtirishga muvaffaq bo'ldik. Himoyachi sifatida darvozamiz daxlsizligini saqlab qolganimiz men uchun yoqimli bo'ldi. Birinchi taymda o'yinimiz chiqmaganda ham, ikkinchi bo'limdagi g'alabamizda ham bizni birdek qo'llab-quvvatlagan muxlislarimizga rahmat aytaman.

“Qo'qon-1912” jamoasi haqida gapiradigan bo'lsak, ikkinchi davrada ular safiga yaxshi o'yinchilar yig'ilibdi. Birinchi o'yindanoq, jamoaning o'yin uslubi yaxshi tomonga o'zgargani guvohi bo'ldim. SHu bois ular keyingi o'yinlarda ko'pchilik etakchilarga munosib qarshilik ko'rsatadi, deb o'ylayman, - deydi A. Filipposyan.

“Buxoro” PFK Matbuot xizmati.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика