Artyom Filiposyan: “O'yin qiymati juda baland edi”
02 may 2016 10:42
Yangiliklar
Artyom Filiposyan: “O'yin qiymati juda baland edi”
- O'tgan o'yinda “Nasaf”dan uchralgan mag'lubiyat sovrinli o'rinlar uchun kurashdagi imkoniyatimizni keskin tushirib yuborgan edi. SHu bois bugungi o'yinda g'alaba bizga suv havodek zarur edi. Xudoga shukr, biz buni uddaladik, - deydi Artyom Filiposyan.
“Qizilqum” yaxshi jamoa sifatida shakllangan. O'yindan oldin ularni yaxshi o'rganishga muvaffaq bo'ldik. Jamoaning standartlardan, ayniqsa autdan to'p tashlash va jarima zarbalaridan unumli foydalanishi haqida bilganimiz uchun ham ushbu vaziyatlarga tayyor turdik. Natijada o'yinni o'z foydamizga hal etdik.
Buxorodan qo'llab-quvvatlash uchun kelgan muxlislarga rahmat aytaman. Umuman, bugun “Qizilqum” stadionida muxlislik madaniyati va muhiti juda yaxshi bo'ldi. “Qizilqum” jamoasining keyingi o'yinlarida omad tilayman.
“Buxoro” PFK Matbuot xizmati.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Умтити Месси ҳақида: "Фақатгина Месси ўйинни ёлғиз ўзи ютишга қодир эди"
"Ўзбекнефтгаз" "Насаф", "Бухоро" ва "Бунёдкор" клубларини молиялаштиришни тўхтатмоқда
Кроос Саудия Арабистони лигасини танқид қилди: "Роналдусиз уни яна унутишади"
"Ал Иттиҳод" Салоҳнинг агенти билан музокаралар олиб бормоқда
Fikrlar