So’nggi yangiliklar

21:35"Манчестер Сити" — "Тоттенхэм". Холанд ва Сон Хён Мин асосий таркибда  0 21:10"Милан" — "Ювентус". Таркиблар маълум  2 20:57А Серия. "Интер" "Верона"га қарши ўйин тақдирини биринчи бўлимнинг ўзида ҳал қилди  0 20:40Вадим Абрамов: "Барча голларни қарши ҳужумлар туфайли ўтказиб юбордик, ўйин учун режамиз умуман бошқача эди"  1 20:27Александр Хомяков: "Раҳбарият янги мутахассис излаётган экан, демак улар мендан мамнун эмас"  3 20:13"Ланс" — "Марсель". Ҳусанов дисквалификация сабаб ўйинни ўтказиб юборади  2 19:44"Арсенал" - "Ноттингем Форест". Таркиблар билан танишинг  0 19:35"Челси" ғалаба қозонди ва жадвалда 3-ўринга чиқиб олди  1 19:27Илёс Зейтуллаев: "Йигитлар сўнгги учрашувларда асосий ва захира деган тушунчалар йўқлигини тушунишди"  2 19:21Суперлига. "Андижон" "Динамо"ни йирик ҳисобда мағлуб этди ва Суперлигада ўрнини сақлаб қолди  13 19:09Денис Коростиченко: "Бунёдкор" захираси бизникидан кучлироқ экан"  0 18:47Туркия. Алиқулов жамоаси иродали ғалабага эришди  0 18:20"Ростов" сўнгги 15 дақиқаликдаги 2та гол туфайли ЦСКАдан ғалабани юлиб олди  7 18:00"Севинч" - 14 карра Ўзбекистон Кубоги соҳиби!  3 17:42"Матч ТВ" графика оператори ишсиз қолди. Нега?  7

Artyom Filiposyan nima uchun Xitoydan qaytib keldi? Yangiliklar

Artyom Filiposyan nima uchun Xitoydan qaytib keldi?

Xitoyning “Lyaoning Xongyun” jamoasidan to'p surayotgan hamyurtimiz Artyom Filiposyan klubi bilan xayrlashishga qaror qildi.
O'tgan haftada Toshkentga qaytib kelgan futbolchi hozirda xordiq chiqarmoqda. Mavsum boshida Xitoyga ko'chib o'tgan himoyachining u erdagi faoliyati ko'ngildagidek kechmadi. Ayni paytda Filiposyanga o'zimizning bir qator jamoalarimizdan takliflar bo'lmoqda. Fursatdan foydalanib unga o'zimizning qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildik.

- Nima uchun Xitoydan barvaqt qaytib keldingiz? Aytingchi, safardan ko'zlangan maqsadingiz nima edi?
- Xitoyda yana bir o'zbekistonlik legionerning ko'payishini xohlagandim. U erda o'zimni sinab ko'rish ishtiyoqi ham baland edi. SHuning evaziga yaxshi niyat bilan borgandim. Afsuski, Xitoyda hammasi men o'ylagandek yuz bermadi va Toshkentga qaytishga majbur bo'ldim. Har bir futbolchining faoliyati qisqa bo'ladi. SHu bois faoliyatim davomida o'zimdan yaxshi iz qoldirmoqchi bo'ldim. Balki chetga ketishga shoshildimmi yoki boshqa sabab bo'ldimi, xullas taqdirdan qochib qutula olmaymiz.

- Avvaliga siz uchun hammasi ko'ngildagidek kechdi. Keyinchalik sizni maydonda ko'rmadik. Nima bo'ldi?
- O'z jamoam bilan 2 yilga shartnoma tuzdim. Agent orqali bosh murabbiy bilan gaplashdik, hammasi yaxshi edi. Meni klubda barcha iliq kutib oldi. Dastlabki borgan kunimda dam oldim. Keyin ikkita o'rtoqlik uchrashuvida 90 daqiqa to'p surganimdan keyin murabbiy men bilan hamkorlik qilishga tayyorligini aytganida xursand bo'ldim. 10 mart kuni chempionat boshlandi va meni asosiy tarkibda maydonga tushirdi. Birinchi uchrashuvda 1:1 hisobida durang o'ynadik. To'g'risini aytsam, boshida jamoaga qo'shilib keta olmadim. Birinchi o'yinimda 70-80 foizga o'z o'yinimni ko'rsatdim. Murabbiy esa ikkinchi, uchinchi o'yinlarda ham menga ishonch berib asosiy tarkibga kiritdi. Mavsumning dastlabki uchta uchrashuvida durang qayd etdik. Sven Goran Eriksson boshchilik qilayotgan jamoaga qarshi bahsda 0:0 hisobida durang o'ynadik. SHundan so'ng o'z maydonimizda 3:0 hisobi bilan ishonchli g'alabaga erishdik. Lekin o'sha bellashuvdan so'ng bosh murabbiyni istefoga chiqarishdi. Murabbiyni nima sababdan ishdan bo'shatishganini bilaman-u, lekin buni ayta olmayman. Aynan ushbu o'zgarishdan so'ng zahiraga o'tirishga majbur bo'ldim. Men uchun hammasi yaxshi boshlangandi. 10-o'rinni egallab turgandik. Ishonasizmi, murabbiy almashganidan so'ng jamoa birinchi davrani 14-pog'onada yakunladi. Alamlisi, meni taklif qilgan murabbiyni istefoga chiqarishdi. Uning boshchiligida bor yo'g'i to'rtta uchrashuvda maydonga tushdim. Birinchi davraning oxirigacha zahirada qolib ketdim.

- Murabbiy almashgani ruhiy tomondan sizga zarba bo'ldi, shundaymi?
- Albatta. Meni klubga taklif qilgan murabbiyni istefoga chiqarib o'rnini boshqasi egallagani ko'nglimni xira qildi.

- Hech bir legionerga zaxirada o'tirish yoqmaydi. Bunday paytda nimalarni his qildingiz?
- Ochig'i, bosh murabbiy o'zgartirilgach ruhiy tushunlikka tushib qoldim. O'zbekistonlik muxlislarning futbolga qanday qiziqishini yaxshi bilaman. Ular chetda to'p surayotgan har bir legionerni kuzatib borishadi. To'rtta uchrashuvdan so'ng deyarli o'ynay olmaganim terma jamoaga chaqirilishimga ham to'sqinlik qildi. Negaki, har bir futbolchi kabi meni ham bosh jamoamizda to'p surish maqsadim bor edi. Umuman, murabbiy almashganidan keyin ikkita legioner o'yin amaliyotiga ega bo'ldi, qolgan uchtasi zahirada qoldik. Yangi murabbiy boshchiligidagi ilk uchrashuvda durang o'ynadik va keyingi ikkita bellashuvda yutqazdik – 2:0 va 4:0. Xullas to'rtta bellashuvda maydonga tushirmaganidan keyin bosh murabbiyning oldiga kirib nima sababdan o'ynatmayotganini so'radim. Vaholanki, yangi murabbiy oldingi bosh murabbiyning yordamchisi edi. SHu bois men uning uchun begona emasdim. U mazkur klubda 10 yildan beri ishlab kelayotgan ekan. U menga “sening harakatlaringdan qoniqyapmiz, mashg'ulotlarda ham yaxshi ishlayapsan. Lekin himoyachilar anchadan beri o'ynab kelishmoqda, xitoy tilini ham yaxshi bilishadi va o'zim yaxshi bilgan futbolchilarni maydonga tushiraman deb ochiqchasiga gapirdi. Menga hech nimani berkitmasdan rostini aytgani uchun unga minnatdorlik uchun qo'l uzatdim. SHunga qarab birinchi davra tugashini kutishga majbur bo'ldim. O'zbekistonga tayyor holatda qaytishim uchun u erda mashg'ulotlarda yana astoydil ishlashga harakat qildim. Hozir oldimda yangi klublardan takliflar bor. Oilam davrasida shularni o'ylab muhokama qilib o'tiribman.  

- Bosh murabbiy almashganidan keyin klubdan ketishingizni sezganmidingiz?
- Murabbiy almashgach jamoadan ketishimni bilmagandim. CHunki men o'ynagan o'yinlarda mag'lubiyatga uchramagandik. SHuning uchun hammasi men uchun yaxshi kechishiga ishongandim. Doimgidek meni maydonga tushirishda davom etadi deb o'yladim. Ammo o'rnimga xitoylik o'yinchini tushirdi. Umuman, o'zgarishdan keyin to'rtta uchrashuvda g'alaba qozona olmadik. Beshinchi o'yinga kelib ikkinchi bo'lim boshida meni zahiradan maydonga tushirdi. Biz esa 2:1 hisobida g'alaba qozondik. O'sha yutuqdan so'ng meni yana maydonga tushirsa kerak deb o'ylagandim. U erda zahiraga o'tirishning foydasi yo'q. Ochig'i, jamoamizda mablag' masalasida muammo bor edi. 3-4 oydan beri oylik maoshini olmayotgandik. Moliyaviy tomondan muammolar bo'layotgani uchun klub ikkita legionerga javob berib yubormoqchi edi. Hozircha men bilan avstraliyalik futbolchi ketdik. Xitoy taomlariga qiynalgan bo'lsam-da, hammasiga ko'nikib ketdim. Legionerlar bilan yaxshi til topishdim. U erda ingliz tilini oz-moz o'rgandim. Xitoy chempionatida 4-5 yil to'p surishni maqsad qilgandim. Etibor bersangiz, u erda futbol borgan sari rivojlanmoqda. Kuchli murabbiylar va futbolchilar kelishyapti.  

- Mahalliy muhitga moslashishda ham qiyinchiliklar bo'libdi-da!
- Ha, jamoaga moslashishim og'ir bo'ldi. Agar O'zbekistonning biror-bir klubiga xorijlik o'yinchi kelsa uni xuddi o'z futbolchimizdek yaxshi qabul qilamiz. Men kelganimda esa bunday holatni u erda ko'rmadim. SHuning uchun vaqtimni legionerlar bilan o'tkazdim. Bizda yangi futbolchining kirishib ketishi oson bo'ladi. U erda esa qiyinchiliklarga duch keldim.

- Xitoyga borib xato qildim deb o'ylamayapsizmi?
- Xato qildim desam noto'g'ri bo'lar. Har bir futbolchi qaerga borsa ham yaxshi niyat qilib boradi. Yoki chetga chiqish uchun shoshilib qolgandirman. Yaqin bir-ikki yil ichida xorij chempionatiga ketmasam keyin bunday imkoniyat bo'lmasligi mumkin deb o'yladim. Lekin vaziyat shunday bo'lib qolgani uchun xato qildim deb aytmayman.

- Bo'lib o'tgan ishlardan keyin qanday xulosalar chiqardingiz?
- Bilasizmi, Xitoy chempionatida to'p surib o'zim uchun ozgina bo'lsa ham tajriba oldim. Bundan buyon xato qilmaslik uchun yaxshilab o'ylab ko'rish kerakligini tushundim. 26 yoshdaman va hali ko'p yil futbol o'ynamoqchiman. Inson boshidan ko'p narsani o'tkazganidan keyin nima qilish kerakligini obdon o'ylaydi. Ammo menga Xitoy chempionati yoqdi. Har bir uchrashuvda stadion muxlislar bilan to'ladi. O'yindan keyin ular yonimizga kelib ko'rishishadi, dastxatlar olishadi. O'yindan avval esa mexmonxonaga borib ertangi uchrashuv haqida gaplashib o'tirishadi. Ayniqsa, “Guanchjou”, “Pekin Goan”, “SHanxay” kabi jamoalarning o'yinlarida stadion to'lib toshadi. Faqat taom masalasida qiyinchiliklar bo'ladi. Baribir vaqt o'tgan sari bunga ham ko'nikib ketasiz. Men ham boshida bir oy qiynalib yurdim.

- Bundan keyin ham chetga chiqib to'p surish uchun sizda istak bormi?
- To'g'risini aytsam, xorijda o'ynashdan ko'nglim qolib ketdi. Futbolchi biror joyga ketsa yarim yildan keyinoq qaytib kelishini bilmaydi. CHunki yana chetga ketsam shunday holat takrorlanarmikin deb o'ylanib qoladi. Yaqin ikki yil davomida chetga chiqishga ko'nglim tortmayapti.

- Yana oliy ligada o'ynamoqchimisiz?
- Ha, o'zimizning chempionatda to'p surmoqchiman. SHuning uchun chetga chiqishni hayolimga ham keltirmayapman. Buning ustiga rafiqam xomilador. Nasib bo'lsa sentyabrda farzandlik bo'lamiz. Balki rafiqamni ham Xitoyga olib keta olmaganim uchun ham qiynaldimmikin deb o'yladim. CHunki xonada har doim bir o'zim yashardim. Uyda yolg'iz qolish qanchalik qiyinligini his qildim. Boshqa legionerlar esa o'zlari bilan birga rafiqalarini olib kelishgandi. Umuman, chetga chiqish hozir men uchun  yopildi. Toshkentga kelganimdan so'ng ayrim insonlar boshqa mamlakatlarga borasanmi deb tavsiya qilishdi. Lekin ularga o'ylanib o'tirmasdan rad javobini berdim. 

- Yaqindan beri sizni “Lokomotiv”ga o'tishingiz haqida gapirishmoqda...
- Men ham bunday gap-so'zlarni ko'p eshityapman. Qo'ng'iroq qilib qaerga o'tmoqchiligim bilan qiziqishyapti. “Lokomotiv” haqida ham, boshqa klub haqida ham hech nima ayta olmayman. Hozir uyda dam olyapman. 8 yoki 9 iyunda biror-bir jamoaning mashg'ulotiga qo'shilaman. Ayni paytda qaerga o'tishim haqida jiddiy o'ylaganim yo'q. Lekin O'zbekistonga qaytganimdan keyin 3-4ta klubdan taklif oldim va bu yoqimli tuyuldi. Oilam bilan takliflarni o'rganib chiqyapmiz. 

- Hozir o'zingizni qanday his etyapsiz?
- O'zimni yaxshi his qilyapman. 27 may kuni uchib keldim va dastlabki kunlarda ko'nglimga hech nima sig'madi. CHunki hech bir futbolchiga men bilan bog'liq vaziyat yuz berishini istamayman. Xatto dushmanimga ham ravo ko'rmayman. O'zbekiston chempionatida 4-5 yil to'p surib yaxshi taassurot qoldirgach chetga chiqib zahirada qolib ketsa bu yomon tasir qilar ekan. Uyga qaytganim bois hammasini yana boshidan boshlashim lozim. Lekin nima bo'lganda ham inson o'ziga bo'lgan ishonchi tomonidan sinmasligi kerak. Men uchun ham barchasi oldinda, hech nima yo'qotganim yo'q. Men uchun alamlisi yarim yil o'tib ketdi. Uyga kelgach 2-3kundan so'ng o'zimga keldim. Yaqinlarim, do'stlarim meni qo'llab-quvvatlashyapti. Bo'lib o'tgan ishlar men uchun dars bo'ladi. Inson har narsaga tayyor bo'lishi kerak. Xitoyga ketib xatoga yo'l qo'ydim deb ayta olmayman. Balki biroz shoshilib qolgandirman. 

- Xitoyga jahon miqyosidagi futbolchilar jalb qilinmoqda. SHuning uchun o'zbekistonlik futbolchilarga etibor yuqori emasdir, nima deb o'ylaysiz?
- To'g'ri, Xitoy chempionatining saviyasi ortmoqda. Oldin chempionatimizga Ziko, Skolari, Rivaldo kabi yulduzlar tashrif buyurishgandi. Xitoyning aksariyat jamoalari moliyaviy tomondan keng imkoniyatlarga ega. SHuning uchun yaxshi saviyadagi murabbiylarni, futbolchilarni olib kelishmoqda. CHempionatni rivojlantirish milliy terma jamoani kuchaytirishga qaratilgan. U erga borib shuni bildimki, xitoylik o'yinchilar bo'shroq ekan. Ular tajribali legionerlar oldida mahoratlarini oshirib borishmoqda. Yaqinda Eto'Oning “Guanchjou” jamoasiga o'tishi haqida eshitdim.

FIRDAVSXON suhbatldashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика