Artyom Filiposyan: “Navbahor” bilan o'yinda omad ham biz tomonda bo'ldi”
30 apr 2022 12:43
Yangiliklar
Artyom Filiposyan: “Navbahor” bilan o'yinda omad ham biz tomonda bo'ldi”
“O'yin juda qiyin kechdi. Odatda, Namanganga kelgan har qanday jamoa qiynaladi. CHunki u erdan ochko olish uchun juda qiyin. Mazkur bahsda g'alaba kozonganimizdan xursadmiz. Jamoamizda yutish uchun kuchli motivaciya bor edi. SHuning uchun g'alaba kozondik. Qolaversa, omad biz tomonda ham bo'ldi. “Navbaxor” yaxshi jamoa, ajoyib muxlislarga ega hisoblanadi. Ularga keyingi o'yinlarida omad yor bo'lishini tilayman.
Kam o'ynayotganimga kelsak, buni murabbiyimiz yaxshi biladi. Kimni maydonga tushurishni murabbiylar hal qiladi. Meni vazifam mashg'ulotlarda ko'proq mehnat qilishdir. Hozircha hammasi yaxshi. Mehnat qilishda davom etaman.
Iyun oyida bizni juda muhim bellashuvlari kutib turibdi. OFK kubogidagi asosiy vazifamiz guruh bahslarini muvaffaqiyatli yakunlash. Qolganini vaqt ko'rsatadi. Umid qilamanki, O'zbekiston nomidan OFK kubogida ham ijobiy ishtirok etib, muxlislarni xursand qilmoqchimiz",- deydi Filiposyan.
Fikrlar